Seshanba kuni "Milan" va "Inter" vakillari stadion borasida matbuot anjumani o‘tkazishdi. "Neradzurrilar" direktori Alessandro Antonello "San-Siro" stadioni buzib tashlanishini tasdiqladi.
"Endi "San-Siro" bo‘lmaydi. Biz sement hajmini kamaytirishimiz kerak, ammo bu stadion xotirasini saqlab qolish bo‘yicha ko‘plab fikrlar mavjud. Bu bizning DNKimizning bir qismidir. "Milan" ham, "Inter" ham "San-Siro" bilan chambarchas bog‘langan.
Rejalashtirilgan sarmoya 1,3 milliard yevroni tashkil etadi. Biz ham sport, ham ijtimoiy maqsadlarga egamiz va ekologik barqaror loyihani qidirmoqdamiz. Biz yangi stadion sig‘imi 60-65 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lishini ta’minlash ustida ishlayapmiz", - dedi Antonello CalcioMercato nashriga.