Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bolonya" sport direktori: "Arnautovichning o‘zi "MYU"ga o‘tishni xohlamadi"

"Bolonya" sport direktori: "Arnautovichning o‘zi "MYU"ga o‘tishni xohlamadi"

Baho:
+ | -

Italiyaning "Bolonya" klubi sport direktori Marko di Vayo Marko Arnautovichning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi amalga oshmagani haqida fikr bildirdi.

Yozda "qizil iblislar" 33 yoshli avstriyalik hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan edi, biroq o‘shanda xabar qilinganidek, "MYU" muxlislarining noroziligi tufayli shartnomadan voz kechgan. Di Vayoning so‘zlariga ko‘ra, hamma narsa boshqacha edi.

"Gap "Manchester Yunayted" muxlislarining noroziligida emas, balki Arnautovichning o‘zi bu transferni rad etdi, chunki u "Bolonya"ni tark etishni istamadi. U klubda va shaharda uni qanchalik qadrlashini biladi va o‘zini haqiqiy chempiondek tutdi", - deydi italiyalik mutaxassis Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:52, 30.09.2022.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик