Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

APL. Yangi mavsumning besh omadsizi kimlar ekanini bilib oling!

APL. Yangi mavsumning besh omadsizi kimlar ekanini bilib oling!

Baho:
+ | -

Darvin Nunyes

Xalqaro tanaffuslardan oldin ham Nunyes bilan turli xil omadsizliklar ro‘y bergandi. "Liverpul"ga o‘tgach, foydasi tegishi kutilayotgan hujumchi, hozircha katta o‘zgarish yasay olmadi. Darvin Nunyes va Erling Xolandni solishtirganda bu narsa yaqqol seziladi. Nunyesni xalqaro tanaffuslarda ham omadsizlik tar etmadi. Uning jamoasi Eron qarshi o‘rtoqlik bahsida 1-0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, keyingi o‘yinda, Kanada darvozasi Nunyes tomonidan ishg‘ol qilindi. Bizningcha, endi 22 yoshli futbolchi "Liverpul"ga qaytgach, nimalarni to‘g‘irlash kerakligini yaxshilab o‘ylab ko‘radi.

Meyson Mount

Mount Angliyaning har ikki bahsida ham zaxira futbolchisi sifatida qayd etilgandi. Sautgeyt uni asosiyda tanlamadi. Italiyaga qarshi hech narsa qila olmagan "Uch Sherlar", o‘z uyida nisbatan yaxshiroq ko‘rindi. Bunda Mountning harakati tahsinga sazovardir. U Germaniya bilan nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Meyson "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. Jamoani Lempard boshqargan davrlarda u asosiy tarkibga kirishga qiynalgan. Shuningdek, Tuxel ham Mountga to‘la ishonmas edi. Grem Potter esa 23 yoshli hujumchiga ko‘proq imkon beradi degan umiddamiz.

Rasmus Kristensen

"Lids"ning yangi xaridi sanalgan Kristensen, o‘z klubida chap qanotga javobgar hisoblanadi. 25 yoshli himoyachi Daniya terma jamoasi a’zosidir. U va sheriklari Millatlar ligasida Xorvatiyaga imkoniyatni boy bergandi. Bunda Kristensenning ham ma’lum aybi mavjud. Ammo keyingi o‘yin yaxshi o‘tdi. Mbappe, Grizmann, Mendi kabi top-futbolchilarga qarshi Kristensen munosib harakatlandi va jamoasining 2-0 hisobidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynadi.

Rayan Freyzer

Shotlandiya terma jamoasi a’zosi qariyb bir yillik tanaffusdan keyin yana xalqaro o‘yinlarga qaytdi. "Nyukasl" hujumchisi Ukraina bilan kechgan bahsda ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurgani bilan eslanadigan bo‘ldi. O‘yin esa 0-0 hisobida yakun topdi. Biroq, Freyzer Irlandiya bilan bahsda ajoyib harakat qildi. 28 yoshli futbolchi jamoasi bilan g‘alabaga erishgan. Shotlandiyaning Millatlar ligasida yuqorilashi, Freyzerning klubdagi holatini ham yaxshilaydi. Endilikda, Eddi Xau unga ko‘proq imkoniyat bera boshlasa, ajab emas.

Remo Froyler

"Nottingem Forest"dagi harakatlari bilan e’tiborga tushgan futbolchi, jamoasiga yordam berishga qiynalmoqda. "O‘rmonchilar" "Tottenxem", "Fulxem" va "Manchester Siti" bilan o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Bunda esa Froylerning ham aybi bor edi. Shunga qaramay, Froyler Shveysariya termasi bilan xalqaro tanaffusni yaxshi o‘tkazdi. U yarim himoyada Granit Jaka bilan ishonchli harakat qildi. Natijada uning jamoasi Ispaniya va Chexiyani qiyinchiliksiz mag‘lub eta oldi. Ammo Froyler yanvarga qadar klubdagi o‘yinini yaxshilashi lozim. Aks holda, ishlar ortga ketishi ham hech gap emas.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:00, 30.09.2022.
O'qildi: 4231 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик