Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Mirjalol Qosimov: "Bugun o‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalandik"

Mirjalol Qosimov: "Bugun o‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalandik"

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov "So‘g‘diyona" ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bellashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, biz kutgandek jangavor va keskin kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham g‘alaba ilinjida maydonga tushgan edi. O‘yinda omad bizga kulib boqdi. "So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Tarkibda iqtidorli va tajribali futbolchilar yetarlicha.

Bugun darvozabonimiz Botirali Ergashev juda yaxshi harakat qildi. Birinchi bo‘lim boshida bir qancha vaziyatlarda jamoamizni yaqqol goldan saqlab qoldi. Biz esa o‘zimizda bo‘lgan imkoniyatlardan yaxshi foydalandik. Ikkinchi bo‘lim ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Darvozamizga penaltidan belgilanganda ham yana Botirali katta sahnaga chiqdi. Bejizga darvozabon yarim jamoa deyilmaydi. Bugungi o‘yin kim gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadigan bahs edi.

Ushbu o‘yin endi tarixda qoldi. Endilikda kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur. "So‘g‘diyona"ga esa 5 oktyabr kuni bo‘ladigan OFK kubogi yarim final bahsida chin dildan faqat va faqat omad omad tilayman", - dedi Qosimov.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:33, 01.10.2022.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик