"Chelsi" rahbariyati hali ham klubga sport direktori izlamoqda. "Aristokratlar" hozirda "Bayer"da ishlayotgan Tim Shtaydtenni ajoyib nomzod sifatida ko‘rmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.
Londonliklar allaqachon menejer bilan bog‘lanishgan. Shtaydten Kallum Xadson-Odoining ijara bo‘yicha muzokaralaridan so‘ng "Chelsi"ni hayratda qoldirdi.
43 yoshli Tim Shtaydten 2006 yildan 2019 yilgacha Bremenning “Verder” klubida ishlagan. Dastlab u skautlik lavozimini egallagan, keyin esa skaut bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2019 yilning yozidan boshlab u "Bayer"da ishlab kelmoqda.
Oldinroq "Zalsburg" sport direktori Kristofer Froynd "Chelsi"da ishlashdan bosh tortgan edi.