"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, u qoladi yoki ketadimi, uning hozirgi jamoasi mukammal bo‘ladi.
"Agar "Manchester Siti"da qolsam, hammasi zo‘r bo‘ladi. "Manchester Siti"da qolmasam, klub mukammal bo‘ladi. Men ular qanchalik yaxshi qaror qabul qilishlarini bilaman", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola "shaharliklar"ni 2016 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda, u avval "Barselona" va "Bavariya"da ishlagan. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida “Manchester Siti” 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.