Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

8 soniyada 4 «seyv»! (video)

8 soniyada 4 «seyv»! (video)

Baho:
+ | -

Futbolda darvozabonlar gohida fantastika qoliplariga ham sig‘mas darajada jasorat ko‘rsatishadi.

To‘g‘ri, bunday qahramonlikda tasodif ulushi ko‘proq bo‘ladi, albatta. Janubiy milliy liga - bu Angliya futbol piramidasidagi 6-darajali divizion. Darvozabon Rayan Sendfordni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan «Ueymut» klubi shu ligada o‘ynaydi. E’tiborlisi, «Millioll»ning sobiq kiperi «Bat Siti»ga qarshi kechgan debyutidayoq aqldan ozdiruvchi o‘yin namoyish qildi. U avvaliga penaltini to‘sdi, keyin ketma-ket yana 3ta chiroyli «seyv» ko‘rsatdi.

Bitta achinarli tomoni, Sendfordning 8 soniyaga to‘g‘ri kelgan «megaseyv»lari «Ueymut»ga shunchaki, bir daqiqalik shuhrat keltirdi, xolos. Jamoa dastlabki 10 daqiqada qo‘yib yuborilgan 2ta gol tufayli yakunda 1:2 hisobida yengildi. Aytish kerakki, gol urilgan vaziyatlarda kiperning nimadir qilishi juda qiyin edi. Rayan yaqin-yaqingacha «Milluoll» tizimida shug‘ullanardi. U joriy mavsum boshlanganidan keyingina ijara kelishuvi bo‘yicha 6-divizion klubiga yo‘l oldi. To‘g‘ri, 23 yoshli kiper «Milluoll»da asosiy tarkibga kirolmadi. Vaholanki, u 2 yilcha muqaddam hattoki, Angliya yoshlar terma jamoasiga ham chaqirilgan va Meyson Maunt bilan birga o‘ynagandi. Endi esa biri APL­da, ikkinchisi non-ligada, yana ijara safari...

Tabiiyki, «kvadrupl-seyv» (4ta «seyv») videosi darhol ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va darvozabon chin kumirlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi: 

Gari Lineker: «Bu juda ta’sirli!»

Edvin van der Sar: «Yomon emas».

Sendfordni Angliya terma jamoasi darvozaboni Nik Poup ham olqishladi. Zero, u quyi ligalarda o‘ynash qandayligini yaxshi biladi (Shon Daych boshqaruvidagi «Bernli» safiga qo‘shilishiga qadar «podval»da ijara muddatini o‘tagan). Poupning e’tirofi: «Shunchaki, yuqori saviya!» Ehtimol, Sendford shu qahramonlik ortidan Janubiy milliy liganing eng noshud jamoasida o‘z faoliyatini qayta izga solib, «Milluoll»ga qaytar va loa­qal Chempionshipda o‘z o‘rnini topar…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:25, 01.10.2022.
O'qildi: 11853 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик