Kirish Ro'yxatdan o'tish

Samvel Babayan: «Bunyodkor» bugun yaxshi o‘ynadi»

Samvel Babayan: «Bunyodkor» bugun yaxshi o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 20-turi doirasida o‘tkazilgan “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Afsuski, bugun mag‘lub bo‘ldik. Yigitlarga aytarli e’tirozlar yo‘q, ikkita qo‘pol xato o‘yin natijasiga ta’sir qildi. O‘sha-o‘sha muammo - vaziyatlar yaratayapmiz, ammo ulardan foydalana olmayapmiz. Agar sen gol urmasang g‘alaba qozonish qiyin. Oldimizda 6 ta o‘yin, ularga yanada yaxshiroq tayyorlanish va yuqori saviyada ishtirok etishimiz kerak.

Biz raqib taktikasiga moslashmaymiz. “Bunyodkor”ning so‘nggi nazorat uchrashuvini ko‘rdim va o‘shanda ham 4 himoyachi bilan o‘ynagandi. Shu bois biz uchun yangilik bo‘lmadi. Birinchi golda shunchaki konsentrasiyani yo‘qotdik va raqib jazoladi. Tan olish kerak “Bunyodkor” bugun yaxshi o‘ynadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:56, 01.10.2022.
O'qildi: 1518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик