Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Maksim Shaskix: «Bugun «Nasaf» g‘alabani ko‘proq xohladi»

Maksim Shaskix: «Bugun «Nasaf» g‘alabani ko‘proq xohladi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix Superliganing 20-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun birinchi o‘rinda xohishda yutqazdik. "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi. Shu bois mehmonlar yutdi. Birinchi taymdagi o‘yinimiz juda yomon bo‘ldi. Terma jamoa o‘yinlaridan keyin doim shunday bo‘lgan. Terma jamoa yig‘inidan yigitlar charchagan holda yetib kelishdi. Bundan tashqari ayrim futbolchilar bugun bizga yordam bera olishmadi. Ikkinchi taymda o‘zgarishlar qildik, raqibni har tomonlama mag‘lub etdik. Ammo so‘nggi pas bera olmadik. Shunga qaramay ikkinchi taymda birinchisidan yaxshi o‘ynadik”, - deydi Maksim Shaskix.

- Aytdingiz tarkibda yo‘qotishlar bor deb. Shu bois o‘yinni uch markaziy himoyachi bilan boshladingizmi? Yoki "Nasaf" hujumlaridan qo‘rqdingizmi?
- Yo‘q biz hech narsadan qo‘rqmadik. Bizda taktik ishlanmalar ko‘p, istalgan paytda o‘zgartirishimiz mumkin. Kim taktikalarni tushunsa 3-5-2 va 3-4-3 hujumkor sxemalar. Afsuski birinchi taymda markaziy himoyachilar bizning ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa taktikani o‘zgartirdik va o‘yinimiz o‘zgardi. Doim o‘zimizga ma’qul taktikani izlaymiz.

- Oldinda yana 6ta o‘yin bor. Himoyadagi yo‘qotishlarni qanday hal qilmoqchisiz? Alijonovning o‘zgarishi jarohat bilan bog‘liqmi?
- Alijonov terma jamoada ikkita o‘yin o‘tkazdi va uzoq safardan uchib keldi. Charchoq alomatlari sezildi. Oldinda oltita o‘yin bor. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun tushamiz. Afsuski endi barchasi bizga bog‘liq emas. O‘yindan oldin aytgandim: Hammasi o‘z qo‘limiz, oyog‘imiz va boshimizda. Mag‘lubiyatsiz g‘alaba bo‘lmaydi.

- Turg‘unboyevni ikkinchi taymda chap qanot lateral sifatida o‘ynatdingiz. O‘yinidan qoniqdingizmi?
- U himoyachi emas, buni bilardik. Ammo o‘z vaqtida bu joyda o‘ynash amaliyoti bo‘lgani uchun shu joyga qo‘ydik. O‘yin bo‘yicha e’tiroz deyarli yo‘q. Himoyada yaxshi o‘ynadi, biroq hujumda yanada faolroq bo‘lishini xohlardim.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:02, 02.10.2022.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.