Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

E’tirof: U bizning sayyoradan emas

E’tirof: U bizning sayyoradan emas

Baho:
+ | -

Ajoyib fakt: Erling Xoland CHLda 12ta klubga qarshi o‘ynab, ulardan atigi 2tasi darvozasiga gol urmagan, xolos.

Mana, «Manchester Siti» hujumchisi mavsum-2022|2023 guruh bosqichi 2-turida sobiq klubi - Dortmund «Borussiya»sini ham ayagani yo‘q. Oddiy aytganda, Xoland CHLda 21-o‘yinini o‘tkazib, gollari sonini 26taga yetkazib qo‘ydi. Fantastik statistika!

Dortmund «Borussiya»si CHLda Erling Xolanddan gol qabul qilgan 10-klub bo‘ldi. Umuman, norvegiyalik goleador turnirda jami 12ta klubga qarshi maydonga tushgan. Demak, hozircha atigi 2ta jamoa uning golidan omonda. Bular - «Ayaks» va «Manchester Siti». Erling o‘tgan mavsum «Ayaks»ga qarshi 1ta o‘yinda ishtirok etdi va unda hujumchining sobiq jamoasi «Borussiya» 0:4 hisobida «kuyib» qoldi. Norvegiyalik futbolchi Amsterdam drujinasi bilan bo‘lgan ikkinchi o‘yinda esa jarohat tufayli chetda qoldi. «Manchester Siti»ga kelsak, Xoland mavsum-2020|2021 1|4 finalida hozirgi klubiga qarshi 2 bora maydonga tushdi. Ularda «shaharliklar» bir xil - 2:1 hisobida ustun kelishdi, Xoland esa gol urolmadi. To‘g‘ri, u birinchi to‘qnashuvda samarali uzatma muallifiga aylangan edi.

Aytgancha, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi guruh bosqichi 2-turida «Makkabi» T-A. darvozasiga gol urib, CHL rekordini yangiladi. Argentinalik yulduz turnirda jami 39ta klubni gol bilan «siylagan». Qarang, 22 yoshli Xoland CHLdagi 21ta o‘yindayoq allaqachon 10ta «qurbon» raqib to‘pladi. Ha, shu ketishda Messining rekordi omonat...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 02.10.2022.
O'qildi: 5631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик