Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La Liga. Benzema penaltidan gol ura olmagan o‘yinda «Real» mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi

La Liga. Benzema penaltidan gol ura olmagan o‘yinda «Real» mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 7-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 2 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Real» o‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Vinisius Junior madridliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kike Garsiya muvozanatni tikladi.

78-daqiqada David Garsiya o‘z jarima maydoni ichida Karim Benzemaga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Videotakrorlardan keyin hakam Davidga qizil kartochka ko‘rsatdi va penalti belgiladi. Biroq 11 metrlik jarima zarbasidan Benzema muvaffaqiyatli foydalana olmadi.

Shu tariqa, «Real» mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi. Karlo Anchelotti jamoasi 19 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. «Barselona» (19) qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga «qaymoqranglilar»ni ortda qoldirmoqda.

La liga, 7-tur
2 oktyabr, yakshanba
«Real Madrid» – «Osasuna» 1:1
Gollar: 1:0 – 42 Vinisius Junior, 1:1 – 50 Kike Garsiya.
Noaniq penalti: Karim Benzema (78)
«Real Madrid»: Lunin, Karvaxal (Mariano Dias, 86), Alaba, Ryudiger, Mendi (Militao, 74), Kroos (Asensio, 74), Sebalyos (Kamavinga, 53), Tchuameni (Valverde, 53), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.
«Osasuna»: Errera, Vidal (Aridane, 82), Unai Garsiya, David Garsiya, Xuan Krus, Brashanas (Oros, 69), Torro, Monkayola (Sanches, 82), Moyses Gomes, Kike Garsiya (Budimir, 82), Ez Abde (Penya, 69).
Ogohlantirishlar: Sebalyos (45), Ez Abde (47), Kike Garsiya (78).
Chetlatish: David Garsiya (78).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:54, 03.10.2022.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик