Angliya terma jamoasi va "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri "Manchester Siti"ga yangi kelgan Erling Xolandning joriy mavsumdagi ajoyib o‘yini haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Kecha "Manchester Yunayted" bilan bo‘lib o‘tgan derbida (6:3) skandinaviyalik hujumchi xet-trik qayd etdi.
“Erling Premyer-liga tarixidagi eng buyuk futbolchi bo‘lishi mumkin. Men hech qachon bunday yosh futbolchining gol urishga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqini ko‘rmaganman. Xoland "Manchester Siti"ning raqiblarini shafqatsiz jazolayapti", - deya Jonning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli norvegiyalik to‘purar 8 uchrashuvda 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.