Bruno Lajeni jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatgan "Vulverxempton" rahbariyati yangi murabbiy izlay boshladi. The Sun gazetasi jurnalistlari xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" Lissabonning "Sporting" jamoasining amaldagi boshqaruvchisi Ruben Amorim nomzod bo‘lib turibdi.
Biroq, pul muammosi tufayli bu bitimni tuzish oson bo‘lmaydi. 37 yoshli mutaxassisni o‘ziga jalb qilish uchun ingliz klubi Portugaliya tomoniga 22,5 million yevro tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
"Vulverxempton" Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini yaxshi boshlay olmadi. Sakkiz turdan so‘ng jamoa bor-yo‘g‘i olti ochko to‘pladi va turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda.