Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Grandlar e’tiboridagi iste'dodli Bellingem haqida

Grandlar e’tiboridagi iste'dodli Bellingem haqida

Baho:
+ | -

Angliyalik markaziy yarim himoyachi Jud Bellingem kelasi yozda "Real Madrid"ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Xose Alvares Gaya El Chiringuito telekanalida xabar berdi va boshqa ispan OAVlari ma’lumotni tasdiqladi.

"Real Madrid" bu futbolchiga qiziqish bildirmoqda, u kelasi yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida bog‘lanishgan, dedi Gaya. Bellingem ijobiy javob berdi. Angliyadagi manbalar menga “Manchester Siti” taklifiga qaramay, Bellingem “Real”da o‘ynashni xohlayotganini aytishdi.

Menga "Man Siti" yarim himoyachi uchun jiddiy kurashishini aytishdi. "Manchester Siti" futbolchining Manchesterdagi oilasi bilan gaplashgan, biroq ularga futbolchi birinchi navbatda "Real Madrid"dan taklif eshitishni xohlagani aytilgan. Agar muzokaralar yaxshi o‘tsa, u keyingi mavsumda Madridda o‘ynaydi".

Madridning “Real” klubi Bellingemdan “Borussiya” bilan shartnomani uzaytirmaslikni so‘radi. Marca nashrining yozishicha, "Real Madrid" yarim himoyachi 2020 yilda "Borussiya Dortmund"ga o‘tishidan oldin ham Judga ko‘z tikgan. Ammo aynan joriy yilda madridliklar Orelyen Tchuameni transferi xavf ostida turganda, futbolchi bilan birinchi marta bog‘lanishdi.

Tchuamenining transferi amalga oshganiga qaramay, madridliklar Bellingemdan "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirmaslikni so‘radi. Futbolchi shunday qildi, lekin ayni paytda boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Uning Dortmund bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Madridning “Real” jamoasida hozirda 6 nafar yarim himoyachi bor, ammo ulardan 3 nafarining shartnomasi shu yozda tugaydi. Modrich va Kroos muhim futbolchilar, ammo ularning yoshi hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, shuning uchun klub ularni tark etishini istisno qilmaydi. Uchinchisi - Dani Sebalyos. Anchelotti o‘yinchiga ishonadi, biroq u asosiy tarkibdan o‘rin olmagani uchun shartnomani uzaytirishi kafolatlanmaydi.

Shunday qilib, "Real Madrid" yozda yarim himoyachilarning yarmini qo‘yib yuborishi mumkin va Bellingem ularga ajoyib o‘rinbosar sifatida ko‘riladi. "Borussiya" bilan yaxshi munosabatlar esa Madridga muzokaralarda yordam berishi kerak. To‘g‘ri, ingliz uchun jiddiy kurashish kerak bo‘ladi. APLning top-klublari – “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Man Siti” va “Chelsi” ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Dortmundning "Borussiya" klubi kelasi yozda 19 yoshli yarim himoyachi uchun 150 million yevro talab qilishi xabar qilingandi. Bellingemning shartnomasida Erling Xoland singari tovon puli mavjud emas, shuning uchun Jud eng qimmat ingliz futbolchisi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Bellingemni "Liverpul" va "MYU" ham o‘z safida ko‘rmoqchi.
Ikkala ingliz giganti ham Bellingemni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishadi.

• Bellingem 11 yoshida mersisaydliklar bilan tanishgan va u atigi 2 kun ichida butun jamoada o‘chmas taassurot qoldirgan. "Liverpul" uni atigi 9 ming yevroga (tovon puli miqdori) olishi mumkin edi (eng muhimi), lekin Judning ota-onasi bunga qarshilik qildi: ular yosh futbolchini oiladan ajratmaslikka qaror qilishdi, shuning uchun bola Birmingemda qoldi. Taxminan bir vaqtning o‘zida unga "Man Siti" va "Chelsi"dan ham huddi shunday takliflar bor edi.

"Liverpul" 2019 yilning avgust oyida 16 yoshu 38 kunligida "Birmingem"ning eng yosh futbolchisiga aylangan Bellingemga qiziqishda davom etdi.

Inglizlar yosh Bellingemning Dortmundga transferi tafsilotlarini aytishmadi: The Athletic xabariga ko‘ra, Birmingem futbolchining navbatdagi transferidan 5 foizdan ko‘proq mablag‘ ishlab oladi.

Keling, Bellingemning "Liverpul" bilan aloqalariga qaytaylik. Jud "Enfild" afsonasi Stiven Jerrardni yaxshi ko‘radi va "Aston Villa" bosh murabbiyi uni dunyoning eng yaxshi besh yarim himoyachisidan biri deb ataganidan faxrlanadi.

"Liverpul"ning hozirgi sardori Jordan Xenderson esa Judni maqtadi: "Menga uning o‘ynashi va xarakteri yoqadi va bu eng muhimi. Men u haqida faqat yaxshi narsalarni aytishim mumkin. U zo‘r yigit, yillar o‘tgan sari yaxshilanib boruvchi fantastik o‘yinchi". Bellingem, o‘z navbatida, Xendersonni Angliya jamoasining asosiy professionali deb atadi.

Zamonaviy "Liverpul"ga Bellingem kerak: Aleks Oksleyd-CHemberlen, Nebi Keyta va Jeyms Milnerning shartnomalari bu mavsumdan keyin tugaydi.

Bellingem 2022 yilning yozida "Liverpul"da o‘ynashi mumkin edi, ammo "Borussiya" muzokaralardan qat’iyan bosh tortdi. Angliyalik futbolchining ashaddiy muxlisi Yurgen Klopp hatto bu haqda gapirdi: "U bozorda emas - bu transferning birinchi va yagona muammosi".

• "MYU" Bellingemning otasi Mark bilan munosabatlarni rivojlantirdi, u Judning karyerasiga ta’sir qilishda davom etmoqda. Bellingem oilasi futbolchining Dortmundga o‘tishdan oldin "Manchester Yunayted" mashg‘ulot maydoniga tashrif buyurishdi. Klub xodimlari Markni kundalik mashg‘ulotlar haqida ko‘p savollar beradigan puxta mutaxassis sifatida eslashdi.

"Yunayted" sport direktori Jon Murto Mark bilan bugungi kungacha davom etadigan munosabatlarni o‘rnatdi. “Yunayted” Bellingemni 12 yoshidan beri kuzatib keladi. "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Maykl Kerrik esa yarim himoyachining g‘ayrioddiy fikrlashiga qoyil qoldi.

Hatto Ser Aleks Fergyuson Judning ota-onasi bilan uchrashdi - lekin ularning suhbati juda qisqa bo‘ldi.

Ammo oxir-oqibat Bellingem baribir "Borussiya"ga o‘tadigan bo‘ldi: oila uzoq vaqt davomida bu variantni o‘sish uchun ideal deb hisoblab, Germaniyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan. Masalan: Jeydon Sancho xuddi shu yoshda "Manchester Siti"dan ketganidan so‘ng Dortmundda gulladi. Aytgancha, "Siti" ham Bellingemni xohlaydi - Xoland "shaharliklar" rahbariyatiga o‘zining Dortmunddagi eng yaxshi sheriklaridan birining transferini tavfsiya qildi.

Jud yarim himoyada istalgan pozisiyani egallashi mumkin: u paslarni mohirona tarzda uzatadm va raqibga bosim uyushtirishda juda faol.
Bellingem "asalarilar"ning bugungi kundagi har tomonlama asosiy o‘yinchisi. U yarim himoyaning istalgan joyiga borib, istalgan rolni o‘ynay oladi.

Bellingem o‘tgan mavsumda Bundesligada sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo uning hujumdagi salohiyatini faqat shu ko‘rsatkich bilan baholab bo‘lmaydi. Jud nafaqat paslar beradi, balki raqiblarni ham o‘ziga jalb qiladi.

U markaziy zonalarda driblingdan mohirona foydalanib, sheriklarga bo‘sh joy ochadi. O‘tgan mavsumda u har bir o‘yinda 3,3 marta dribling qilgan - u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bundesligada kuchli beshlikka kirgan.

Ha, shuningdek himoyada ham angliyalik foydali: u har bir o‘yinda 1,3 marta raqibni to‘xtatishni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Bellingem muntazam ravishda raqiblarga bosim o‘tkazadi. O‘tgan mavsumda Bundesliga 9 ta sariq kartochka olgan.

“Borussiya” hali Bellingemni tark etmagani mantiqan to‘g‘ri. Dortmund sport direktori Sebastyan Kel yaqinda: "Jud klubda juda baxtli va hozirda bor e’tiborini bizga bag‘ishlagan", dedi. Umid qilamanki, u keyingi mavsumda va uzoq vaqt qoladi. Biz imkon qadar eng yaxshi futbolchilarimizni saqlashga harakat qilamiz".


Angliyalik yosh iqtidorning keyingi manzili qayer bo‘lishini keyingi yozda bilib olamiz?

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 13:12, 03.10.2022.
O'qildi: 4002 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.