Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Yuventus" "Lasio" futbolchisining atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda

"Yuventus" "Lasio" futbolchisining atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda

Baho:
+ | -

"Lasio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yaqin kelajakda "Yuventus"da bo‘lishi mumkin.

Serbiyalik futbolchining shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi, shuning uchun 2023 yilning iyun oyidayoq yarim himoyachini arzonroq narxda sotib olish mumkin bo‘ladi. Arzon sotilishining oldini olishga umid qilgan “Lasio” Milinkovich-Savich bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq futbolchining agenti Mateya Kejman rimliklar bilan noyabrdan dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng muzokara olib bormoqchi emas.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Turinliklar agar 27 yoshli futbolchi "Lasio" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, yozda transfer taklifi bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 22:34, 05.10.2022.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик