Pep Gvardiola "Kopengagen"ga qarshi o‘yinda Erling Xolandni zaxiraga oldi.
Chempionlar ligasi o‘yinining ikkinchi bo‘limida 20 yoshli Koul Palmer norvegiyalik futbolchini maydonda almashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘lim 3:0 hisobida “Manchester Siti” foydasiga hal bo‘lgandi. Xoland dubl qayd etdi.