Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Anchelotti: "Guruhdagi vaziyatni nazorat qilishimiz muhim edi"

Anchelotti: "Guruhdagi vaziyatni nazorat qilishimiz muhim edi"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YECHL 3-turi doirasidagi “Shaxtyor” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida gapirdi.

"Men o‘yindan qoniqdim. Biz juda yaxshi o‘ynadik. Raqibimiz ham yomon o‘ynamadi. O‘ylaymanki, bizga raqib darvozasi oldida aniqlik yetishmadi. Lekin asosiysi aynan ko‘p golli vaziyatlar yaratish qobiliyatidir, biz buni uddaladik.

Biz shiddatda biroz sekinlashdik, o‘zimizni qulay his qildik va tanaffusda o‘yin hali tugamaganini hammaga eslatishim kerak edi. Biz tez-tez yaxshi futbol fragmentlarini tarqatdik. Ammo bu xavfli o‘yinlardan biri bo‘ldi, agar gol ura olmasangiz, bunga tovon to‘lashingiz aniq.

Bilaman, mening jamoam ayrim paytlarda xotirjamlikka berildi. Bugun hamma futbolchi yaxshi o‘ynadi, jamoam yaxshi o‘ynaganidan xursandman: Fede Valverde yaxshi o‘ynadi, Kroos to‘pga egalik qilishni yaxshi nazorat qildi... Ochig‘i, shiddatlilik juda muhim, lekin har doim mukammal bo‘lishning iloji yo‘q.

E’tiborimizni Ispaniya chempionatidagi o‘yinga qaratishimiz oson bo‘lishi uchun guruhdagi vaziyatni nazorat qilish muhim edi. Rodrigo ko‘proq markazga o‘tishi va shu tariqa to‘p bilan mahorat bilan muomala qiladigan "Shaxtyor"ning markaziy himoyachilariga qiyinchilik tug‘dirishi uchun uning maydondagi holatini biroz o‘zgartirdim. Pozisiyasini o‘zgartirish hujumga foyda keltirdi, g‘oyaning o‘zi esa "Shaxtyor"ga faol bosim o‘tkazish va buni samaraliroq qilish edi", - dedi Anchelotti UYEFA rasmiy saytiga.

Kiritildi: 11:02, 06.10.2022.
O'qildi: 1518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.