"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin. Fofana YECHL doirasida "Milan"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Shu sababli, u majburiy almashtirildi.
Bugun Uesli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. "Chelsi" futbolchining jarohati unchalik jiddiy bo‘lmaganiga umid qilmoqda.
Avvalroq Fofana "Lester" tarkibida yosh bo‘lishiga qaramay jiddiy jarohatlar olgan.