Eronlik hujumchi Serdar Azmun JCH-2022ni o‘tkazib yuborishi mumkin.
27 yoshli hujumchi to‘p tepayotgan "Bayer" uning mushaklaridan jarohat olganini aytdi.
Azmun olti-sakkiz haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi.
Eron terma jamoasi jahon chempionatida guruhda Angliya, Uels va AQSH terma jamoalari bilan bahs olib boradi.