Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

«Uning oyog‘ini sindiraman». «Inter» futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘yindan so‘ng tahdidga uchradi

«Uning oyog‘ini sindiraman». «Inter» futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘yindan so‘ng tahdidga uchradi

Baho:
+ | -

«Inter» futbolchisi Alessandro Bastoni «Barselona»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:0) tahdidga uchradi.

Bu haqida futbolchining rafiqasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi va pochtaga kelib tushgan bir nechta xatlarni ilova tariqasida joyladi, deya xabar beradi Corriere dello Sport nashri.

Xabarlarning birida: «Turmush o‘rtog‘ingning oyog‘ini sindiraman. Men uylaring atrofidaman. Uni otaman va u ortiq futbol o‘ynay olmaydi», — degan yozuvlar bo‘lgan.

«Barselona» muxlislarining bunday munosabatiga Bastonining Instagram sahifasiga joylagan surat sabab bo‘lishi mumkin.

Alessandro ijtimoiy tarmoqqa «ko‘k-anorranglilar» futbolchisi Gavini libosidan tortib, maydonda sudrayotgani aks etgan rasmni joylab, «qalb va xarakterning g‘alabasi», degan yozuvni qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, YECHL guruh bosqichi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinda «Inter» «Barselona» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. C guruhida «nerazzurilar» 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kataloniyaliklar 3 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:01, 07.10.2022.
O'qildi: 6616 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик