Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Superliga. «Qo‘qon-1912» – «Lokomotiv»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Superliga. «Qo‘qon-1912» – «Lokomotiv»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 21-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi 8 oktyabr kuni Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 15 marta to‘qnash kelishgan. “Lokomotiv” o‘yinlarning 6 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda durang qayd etilgan, to‘rttta uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan.

To‘plar nisbati – 24-16, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 23 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 17 tani tashkil etadi.

Jamoalarning so‘nggi to‘qkizta uchrashuvida qayd etilgan natijalar:

11.05.2022. “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912”  1-2
23.10.2021. “Qo‘qon-1912”- “Lokomotiv” 2-1
20.06. 2021. Lokomotiv – Qo‘qon-1912 – 0:1
25.11.2020. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv – 0:1
21.08.2020. Lokomotiv – Qo‘qon-1912 – 1:2
20.09.2019. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv – 1:1
02.05.2019. Lokomotiv – Qo‘qon-1912 – 2:2
09.07.2018. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv – 1:2
07.04.2018. Lokomotiv – Qo‘qon-1912 – 1:1

Hakamlar
8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahsni FIFA hakami Akobirxo‘ja Shukrullayev boshqarib boradigan bo‘ldi. Shukrullayev joriy mavsumda shu kungacha O‘zbekiston kubogi hamda superliga doirasida bo‘lib o‘tgan 18 ta uchrashuvda bosh hakam bo‘lib ishladi. Mavsum boshida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bashni ham Shukrullayev boshqarib borgan edi. 2022 yildagi barcha boshqargan o‘yinlarida Shukrullayev 77 ta sariq va 2ta qizil kartochka ko‘rsatgan. Darvozalarga esa 10 marta penalti belgilagan.

8 oktyabr, shanba
QO‘QON-1912 — LOKOMOTIV
Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 17:00
Hakamlar: Akobir Shukurullayev, Aleksandr Sidorov, Olim Abduvasilov, Xushnud Suyunboyev
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagayev
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi ertaga 8 oktyabr, shanba kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida, soat 17:00da boshlanadi. Bu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi o‘yin esa, 9 oktyabr kuni Qo‘qondagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda, soat 15:30da boshlanadi.

FAKT: “Qo‘qon-1912” jamoasi “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 9 ta o‘yinida faqat 1 marta mag‘lub bo‘lgan xolos. 3 ta bahsda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 5 o‘yinda “shunqorlar” g‘alaba qozonishgan!

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:05, 07.10.2022.
O'qildi: 1491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.