Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kassano "Inter"ning "Barselona"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan norozi

Kassano "Inter"ning "Barselona"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan norozi

Baho:
+ | -

"Inter"ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Inter" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan bahs natijasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Neradzurrilar” kataloniyaliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

"Muhim g‘alaba. "Inter" deyarli butun 90 daqiqa davomida himoyada bo‘ldi. “Barselona” maydonda ustunlik qildi, bundan tashqari, kataloniyaliklar foydasiga aniq penalti berilmadi. Mezbonlar esa ikkita oddiy hujum uyushtirishdi, ulardan birida Chalxano‘g‘lu gol urdi. Menga “Inter”ning o‘yini yoqmadi, ammo natijadan qoniqish hosil qildim”, — dedi Antonio o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Uch turdan so‘ng "Inter" klubi "S" guruhida ikkinchi, kataloniyaliklar esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:16, 07.10.2022.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик