Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Superliga. "Navbahor" - "Dinamo. Prevyu

Superliga. "Navbahor" - "Dinamo. Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 21-turi doirasida "navbahor" o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar shu kungacha Superliga (oliy liga) bahslarida 49 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarda namanganliklar 27, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 86-43, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 90, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0 hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.

E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 24 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlardan 18 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan.

Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati - 54-10, jamoamiz foydasiga.

Ushbu klublarning birinchi davrada Samarqandda kechgan bahsida “lochinlar” Rustamjon Ashurmatovning uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90+2-daqiqasida urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Kiritildi: 12:19, 08.10.2022.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик