Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Janluiji Buffon: «Parma» - men uchun romantik hikoya...»

Janluiji Buffon: «Parma» - men uchun romantik hikoya...»

Baho:
+ | -

Trento shahrida tashkillashtirilgan sport festivali mehmoni bo‘lgan «Yuventus»ning afsonaviy darvozaboni va sardori Janluiji Buffon jurnalistlarga tutildi, albatta.

Shu tariqa Italiya futboli faxrining ko‘plab qiziqarli savollarga javob berishiga to‘g‘ri keldi. Lekin u gapni o‘zi kabi afsona - tennischi Rojer Federerning sportdan ketayotganiga munosabat bildirishdan boshladi: «Fede millionlab odamlarga hisobsiz ijobiy his-tuyg‘ularni bag‘ishladi, shuning uchun sportdan bu qadar erta ketishga qaror qilgani achinarli. Menga kelsak, ko‘p sabablar tufayli hali o‘ynashda davom etaman. Muhimi, o‘zimni hamon kuchli va raqobatga dosh beradigan holatda his qilyapman. Ehtimol, oltin sport asrida faoliyat yuritganim uchun shundaydir. Ruxsatingiz bilan barchasini tushuntiraman: xohlagan vaqt chekishni tashlash to‘g‘risida osongina qaror qabul qiladigan yoshdaman, o‘z davrimning chin professionaliman. Tanlovlarimda har doim ma’lum ma’no bor edi. Darvozada turib, muxlislar xursandchiligini ko‘rish uchun «Parma»ga qaytdim. Hayotda yetarlicha yutuqlarga erishdim, lekin ko‘plab imkoniyatlardan ham voz kechganman. Bundan afsuslanmayman, chunki yuksak natijalarga xalq mehr-muhabbati tufayli erishdim. Eng muhimi, nimalarga loyiq ekanligimni yaxshi bilaman. Buning uchun Chempionlar Ligasida 8 marta g‘alaba qozonishim shart emasdi. «Shalpangquloq» kubokni yutmaganimda ham, hozirgi baxtni hech kim mendan tortib ololmasdi».

- Jiji, yoqimsiz tanqidlarga qanday qaraysiz?

- Tanqid faqat foyda keltiradi, ayniqsa, faxriylarga. Demoqchimanki, yoshlar salbiy bahoni to‘g‘ri qabul qilolmaydilar, bunga boshqacha qaraydilar. Oqibatda ruhan toliqib, barqarorlikni yo‘qotishlari ham hech gap emas. Lekin yoshingiz ulg‘aygani sari asl qadr-qimmatingizni teran anglaysiz, buning ortidan tanqid ham ma’lum ma’noda rag‘batga aylanadi. Ishoning, gohida tanqidga o‘zgacha ehtiyoj sezaman. Oldin gazetalarni uncha o‘qimasdim, chunki ularda yozilganlar meni muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkinligidan cho‘chirdim. Ba’zan esa tanqidiy fikr bildirgan odamdan nafratlanish uchungina o‘qirdim. Endi hammasi boshqacha - tanqidga ozuqadek qarashni o‘rgandim.

- Darvozabonning jamoadagi roli haqida yakdil xulosangiz qanday?

- O‘yinni e’tiborsiz yoki havaskor sifatida tomosha qiladiganlar darvozabon ijrosidagi «seyv» va to‘pga tashlanishlar ahamiyatini to‘g‘ri baholay olmaydilar, chunki ular uchun barchasi oddiy va oson, tabiiy holdek tuyuladi. Ba’zida klubdoshlarim xizmatlarini eslab, ularga rahmat yo‘llagim keladi. Deylik, «Torino»ga qarshi bahsda aynan ular tufayli mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha shaxsiy rekordimni yangilagandim. Har qanday jamoada darvozabon qolganlarga o‘z xarakteri, o‘yinga munosabati va oddiy so‘zi bilan yordam berishi mumkin. Ushbu xislatlar juda muhim, faqat buni hamma ham tushunmaydi.

- Hayotda diplomatiyaga moyilroq bo‘lishingiz ham mumkinmidi?

- Menimcha, yo‘q. Yoshligimda xatolarga ham qo‘l urganman. Muhimi, ularning foydasi ham yo‘q emas, chunki vaqtida to‘g‘ri xulosa chiqarganman. Shuningdek, mas’uliyatni zimmamga olishdan aslo qochmagan va barchasi uchun shaxsan o‘zim javob berishga intilganman. Ha, ba’zi yoqimsiz lahzalar borki, ular har doim yurakni sanchib, azob beradi. Qisqasi, hayot yo‘limdagi ayrim narsalarnigina unutishni xohlaymayman, qolgan hammasini hattoki, 30 yildan keyin ham katta mamnuniyat bilan eslashim, imkon berilsa, takrorlashim mumkin. Chunki ko‘p ishlarni ongli ravishda qilganman, garchi boshqacha variantlar ham bo‘lsada, ulardan aslo chekinmasdim.

- «Parma» haqida nima deysiz?

- Bu klub - mening romantik hikoyam. Shunday «o‘lchov» bilan yashashni ma’qul ko‘raman, bu o‘zligimni bildirib,  aslida kimligimni eslatib turadi. Ehtimolki, shu qarash tufayli ham o‘zimni hamisha tetik his qilarman. Oddiy misol, kiyinish xonasida yosh yigitlar bilan hali ham oldingidek zavqqa to‘lishim, o‘zimni bolalardek tutishim mumkin. Balki bu ahmoq o‘rgatuvchi ekanligimdan dalolatdir (kuladi). To‘g‘ri, gohida yigitlarga qarasam, ular mendan sal boshqacharoq munosabat kutishayotgandek tuyu­ladi. Lekin o‘zimni o‘zgartirolmayman, baribir - ular bilan chaqchaqlashaman, hazillashaman... Axir oddiylik uyat sanalmaydi-ku, to‘g‘rimi? Asosiysi, barcha yigitlar bilan aloqam yaxshi, hatto a’lo!

- Qadrdon do‘stingiz Jorjo Kyellini bilan ajralish azobidan qutuldingizmi?

- To‘g‘risi, uni rosa sog‘indim, axir birgalikda ne-ne voqeliklarni boshdan kechirmadik... O‘zi jamoaviy sportda eng yoqimli tomoni - bu hammasini birga baham ko‘rish. Xoh g‘alaba zavqi bo‘lsin, xoh mag‘lubiyat alami. Qisqasi, ikkimiz har tomonlama birga o‘sdik: mentalitet, qobiliyat...

- «Yuventus» bilan ajralish-chi?

- Nima deyishimni xohlaysiz? Hozir biror yangi gap aytolmayman, chunki har bir so‘zim tortishuvlar keltirib chiqarishi mumkin, men esa buni xohlamayman. Bu jamoada ba’zan mavsumni o‘ta yomon boshlardik, lekin yakunda yuqoriga ko‘tarilardik, baribir. Hammasi tajriba, an’ana, ma’lum odamlar va klubning umumiy DNK tahliliga bog‘liq. To‘g‘ri, men aytayotgan DNKni qabul qilish hammaga ham emas.

- Oxirgi paytlar «A» seriyada Menyan ajoyib harakatlari bilan ajralib turibdi...

- Esimda, Parijdan «Yuve»ga qaytganimda, klubda mendan aynan Menyan haqida so‘rashdi, u o‘shanda «Lill» darvozasini qo‘riqlardi. Yaxshi tavsif berganimga qaramay, negadir uning nomzodi jiddiy ko‘rib chiqilmadi. Hali ham klubning bu masaladagi qaroridan hayronman. «Milan» Menyan bilan shartnoma tuzgach, darhol Maldiniga xabar yuborib, uni qutladim: «Qoyil, ko‘pchilik nazarga ilmaydigan va ishonmaydigan darvozabonni oldinglar. Tabriklayman, chunki u aslida juda kuchli darvozabon». Mana, Menyan meni uyaltirmayapti...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 08.10.2022.
O'qildi: 1589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.