Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Samvel Babayan: “Murzoyev uyiga ketdi, Marushich hali tuzalmadi, muammolarimiz yetarli”

Samvel Babayan: “Murzoyev uyiga ketdi, Marushich hali tuzalmadi, muammolarimiz yetarli”

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (2:0) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoada debyut qilgan futbolchi, jamoadagi ichki muammolar, taqvim va rejalar haqida fikr bildirdi.

“Jamoamiz bugun juda ko‘p vaziyatlar yaratdi, bu yaratilgan vaziyatlar bemalol uch to‘rt o‘yinga yetardi. Afsuski samaradorlik darajasi kutganimizdek emas. Bugun klubimiz tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibda debyut qildi va bu bizni quvontirdi. Uning kelajagi hali oldinda”, - dedi mutaxassis.

“Bugun yana ikki nafar futbolchimiz jarohat oldi. Shifokorlar hozir ularni tekshirishayapti. Mavsum yakunida shifokorlarimizga ish ko‘payadi. Chunki, jarohatlar ko‘paydi. Mavsum oxirida bu tabiiy hol. Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash kerak. Muammolarimiz yetarli. O‘yin borasida ham muammolarimiz bor. Mashg‘ulotlar davomida bu borada ishlaymiz”. 

“Mirlan Murzoyev oilaviy muammolari tufayli bizdan ruxsat oldi va unga vaqtincha javob berdik. Futboldan ham muhimroq masalalar bor. Buni to‘g‘ri qabul qilamiz. Oldingi turda jarohati bor Marushichni maydonga tushirib tavakkal qilgan edim, afsuski u shundan keyin jarohatini yanada kuchaytirib oldi. Hozir tiklanishni davom ettirmoqda”.

“Taqvim borasida menda e’tiroz yo‘q. O‘yinlar orasida 3-4 yoki 4-5 kun vaqt bor. Qolaversa, FIFA kunlari va milliy terma jamoamizning yig‘inlari bor. Buni to‘g‘ri qabul qilaman. Rejalarimizni shunga qarab tuzamiz.”

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:23, 10.10.2022.
O'qildi: 1974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик