“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos Fransiya chempionatining 10-turi doirasida “Reyms”ga qarshi o‘yinda (0:0) hakamni haqorat qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin, deb xabar beradi RMC Sport.
Manbaning xabariga ko‘ra, hakam o‘yin bayonnomasiga Ramosni haqorat qilishni kiritmagan, balki futbolchining tajovuzkor xatti-harakati haqida yozgan. Tartib-intizom qo‘mitasi epizodni ko‘rib chiqadi va 36 yoshli ispaniyalikni ikki o‘yindan yetti o‘yingacha diskvalifikasiya qilishi mumkin. Qo‘mita yig‘ilishi 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Reyms"ga qarshi o‘yinda himoyachi qo‘pollik qildi, buning uchun u birinchi ogohlantirish oldi, so‘ngra bosh hakam bilan gaplashdi, shundan so‘ng u oldida ikkinchi sariq kartochkani ko‘rdi va 41-daqiqada maydondan chetlatildi.
Joriy mavsumda Ramos "PSJ" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va barcha turnirlarda 1 ta gol urdi. Uning parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.