Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Jud ortidan Job

Jud ortidan Job

Baho:
+ | -

Hozirda butun Angliya Bellingemlarni maqtamoqda. Ha, «Borussiya» D. vakili Judning ukasi ham istiqbolli futbolchi sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Aytish joiz, aka-uka Bellingemlar bir-birlariga shu qadar o‘xshashki, ularni bir qarashda farqlash oson emas.

Job Bellingem ham yarim himoyachi va ayni payt «Birmingem» klubi sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan hafta Jud Bellingem YEML turniridan o‘rin olgan Germaniya termasiga qarshi o‘yinda Ang­liya milliy jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, uning ukasi Ispaniyada tashkillashtirilgan «Pinatar» kubogida shu maqomga erishdi. Oddiy aytganda, kichik Bellingem Angliya U-18 jamoasining Niderlandiya, Farer orollari va Belgiya yoshlar termalariga qarshi o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatdi.

Job yaqindagina «Birmingem» bilan birinchi professional shartnomasini rasmiylashtirdi. Eslatma, Angliya futboli qonunlariga ko‘ra, 17 yoshga to‘lmagan futbolchi professional darajada bitim tuzolmaydi, shuning uchun Jobning biroz kutishiga to‘g‘ri keldi. Aslida Dortmund «Borussiya»si kichik Bellingemni ham o‘z tomoniga og‘dirmoqchi. Germaniya jamoasi ehtimolki, maydonda «10-raqam» rolini bajaradigan yosh yarim himoyachini olish evaziga katta Bellingemni yangi shart­noma tuzishga ko‘ndirishni rejalashtirayotgandir. Nemislarning yosh futbolchi transferi bo‘yicha harakatni davom ettirishayotgani yoki bu variant­dan voz kechishgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Bild va Daily Mail nashrlari ma’lumotlariga qarasak, ular Jobga ancha oldin e’tibor qaratishgan. Zero, u 16 yoshidayoq maydonda yaqqol ko‘zga tashlangan edi. 

Job Bellingem «Birmin­gem»ning asosiy tarkibida aynan 16 yoshida debyut qildi. Aniqrog‘i, u yanvar oyida Ang­liya kubogi doirasida «Pli-mut»­ga qarshi kechgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Chempionshipning joriy mavsumi esa 3ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi. Qarangki, Jud ham «Birmingem»dagi debyutini 16 yoshida nishonlagan va «ko‘klar» safida 44ta o‘yin o‘tkazgach, Dortmund «Borussiya»siga yo‘l olgandi. O‘shanda Germaniya klubi yosh yarim himoyachi transferiga 25 million funt ajratgandi. Ma’lumot uchun, Jud Bellingem futbol tarixida 17 yoshlilar orasida eng qimmatbaho o‘yinchiga aylangan edi. Endi esa «Borussiya» bu futbolchi uchun «Liverpul», «Real», «Manchester Siti» kabi da’vogarlardan 130 million funt sterling so‘ramoqda. Agar xaridorlar shuncha to‘lashni istashmasa, «Borussiya» o‘z tarkibida aka-ukalar tandemini hosil qilar balki. Voqealar shunday rivojlansami, dortmundlik muxlislar ikkisini ajratishda ancha qiynalishadi. Zero, Jud va Job tashqi ko‘rinish bilan bir-biriga juda o‘xshash...

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:27, 11.10.2022.
O'qildi: 1497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.