Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Kilian Mbappega yangi jamoa izlaymiz. Qaysi klub uni "ilib ketarkin"?

Kilian Mbappega yangi jamoa izlaymiz. Qaysi klub uni "ilib ketarkin"?

Baho:
+ | -

"PSJ" yulduzi Kilian Mbappe jamoadan ketishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Unda futbolchi va klub orasidagi munosabatlar butunlay buzilib ketgani aytiladi. Mbappe yoz davomida "Real" o‘tishi borasida munozaralar juda ko‘p yangragan edi. Ammo voqealar so‘ngida u Parijda qoldi. So‘nggi xabarlar fonida biz sizlar bilan fransuz hujumchisiga yangi klub izlab ko‘ramiz.

"Liverpul"

Haqiqatga eng yaqin bo‘lgan variantlardan biri bu "Liverpul"dir. Mbappe "PSJ"ga o‘tishidan avval aynan "Liverpul" tomonidan sotib olinishi haqida ko‘plab ma’lumotlar urchigandi. Chunki Klopp o‘sha paytlarda Mbappeni o‘z jamoasida ko‘rishni istagan. Kechagi "dovruqli" xabarlardan keyin, Mbappe uchun "Liverpul"ning yangi manzil bo‘lishi haqida ham ko‘p gapirila boshladi. Ajab emas, Yurgen Kloppning uzoq yillik orzusi qishda amalga oshsa.

"Arsenal"

2017 yilning avgust oyidan Mbappe "PSJ"ga o‘tgan. Undan oldin esa "Arsenal" ham hujumchi uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etilgan. Arsen Venger uni sotib olib, "keyingi Tyerri Anri"ga aylantirmoqchi edi. Ammo Mbappe "PSJ"ni tanladi. Ha, "Arsenal" Mbappega qiziqish bildirgan davrda London klubi YECHLda ishtirok etar edi. Ammo o‘shandan buyon "Arsenal"ning yeta olgan nuqtasi faqat YEL finali bo‘ldi xolos. Hozir ham imkon yo‘q emas. Ya’ni, Mbappe APL yetakchisi safiga kelishni inkor etmaydi. Agarda "Real" uni kechirmasa, albatta.

"Bavariya"

Katta ehtimol bilan Mbappe uchun eng xavfsiz variant bu "Bavariya" hisoblanadi. Nemis giganti doimiy ravishda Bundesligani o‘ziniki qilib kelmoqda. YECHLda esa istalgan jamoaga kurash taklif eta oladi. Boz ustiga, "Bavariya" yaqinda o‘z hujumchisi bo‘lgan Levandovskidan ayrildi. Uning o‘rni esa Mbappe tomonidan muvaffaqiyatli ravishda qoplanishi mumkin. Biroq, bu voqea o‘ta jon va oddiy bo‘lgan bo‘lardi.

"Manchester Siti"

Buni tasavvur eta olasizmi? Faraz qiling, Erling Xoland va Kilian Mbappe bir jamoada to‘p tepmoqda...
Qanday ahmoqgarchilik! Ha, bu ahmoqona tuyulishi mumkindir. Ammo katta pul hamma narsani o‘zgartirishga qodirdir. Buni Mbappening o‘zi ham isbotladi. Ammo Xoland va Mbappe, Ronaldu va Messining bir klubda o‘ynashi bilan barobar bo‘lgan bo‘lardi. Shu sabab, eng ehtimoli past yo‘l sifatida "shaharliklar"ni aytgan bo‘lardik.

"Barselona"

Bunday ko‘chish o‘ta qiziqarli bo‘ladi. Agarda "PSJ" Mbappega "Real" tomon yo‘lni taqiqlasa, u holda "qirollik klubi"ning eng ashaddiy raqibi yangi variantga aylanadi. "Barselona" varianti nisbatan aktualroq degan bo‘lardik. Qolaversa, bu narsa Florintino Peres va boshqalarning yaxshigina asabiga o‘ynaydi. Mbappega yuqori sifatga ega jamoa kerak bo‘lsa marhamat: La-liga yetakchisi va YECHLga da’vogar klub uni kutmoqda...

"Chelsi"

Bu variantni ham qo‘shishga majburmiz. "Arsenal"ni ro‘yxatga kiritib, "Chelsi"ni qoldirib ketish, bizningcha, adolatdan bo‘lmasdi. Darhaqiqat, "aristokratlar" uchun hujum chizig‘ining har qaysi nuqtasida o‘ynay oladigan futbolchi juda ham zarur bo‘lib turibdi. Grem Potterga shunday futbolchi juda ham kerak. O‘z navbatida Mbappe Potterni, APLni yutgan tarixdagi ilk ingliz mutaxassisiga aylantirishi mumkin. Todd Byoli esa Mbappe kabi figura uchun cho‘ntagini bo‘shatishga tayyor bo‘ladi.


Yuqorida "Real Madrid" haqida gapirmaslikka qaror qildik. Sababini esa juda yaxshi bilasiz (garchand "Real" Mbappe uchun hali ham eng yaqin manzil sifatida qaralayotgan bo‘lsada).

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:00, 12.10.2022.
O'qildi: 6854 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.