Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Marafonchi Kaka va rekord

Marafonchi Kaka va rekord

Baho:
+ | -

Braziliyalik 40 yoshli Kaka Germaniyada ommaviy marafonda qatnashib, o‘z so‘zi ustidan chiqdi - birinchi urinishdayoq 3 soatu 40 daqiqaga yetmay, marra chizig‘ini bosdi.

 «Oltin to‘p» sohibi bunda 45 ming (!!!) kishi orasida yugurganini alohida ta’kidlash joiz.

Sddeutsche Zeitung nashrining DPA manbasiga tayanib, xabar berishicha, braziliyalik sobiq futbolchi marafon startidan oldin 42195 metrga teng masofani 3 soatu 40 daqiqadan kam vaqtda bosib o‘tishi haqida baralla gapirgandi. Va’daga vafo - fao­liyati davomida «Milan» va «Real» klublari hamda Braziliya milliy jamoasida yorqin iz qoldirgan Kaka finish marrasiga 3 soat 38 daqiqa 6 soniya­da yetdi. Qo‘shimcha qilinishicha, bu debyutant marafonchi uchun munosib ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kaka marafondan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, masofani bosib o‘tishda aslo qiynalmaganini aytdi: «Professional sportdan olgan asosiy narsam - bu mentalitet. To‘g‘ri, yillar davomida jismim boshqacha harakatga o‘rgangandi. Muhimi, bugun ortiqcha qiynalmadim».

Germaniyadagi eng ommaviy va yirik marafonda chamasi 45000 kishi qatnashdi. Asosiysi, yakshanba kungi yugurishda jahon rekordi ham o‘rnatildi - Eliud Kipchoge belgilangan masofani bosib o‘tishga atigi 2 soat 1 daqiqa 9 soniya sarfladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 12.10.2022.
O'qildi: 2284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик