Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Erik ten Xag Ronalduni oldingi, "super holati"ga qaytarmoqchi

Erik ten Xag Ronalduni oldingi, "super holati"ga qaytarmoqchi

Baho:
+1 | -

"Manchester Yunayted" so‘nggi bahsini "Everton" bilan safarda o‘tkazgandi. Jamoa liverpulliklar ustidan g‘alabaga erishdi. "MYU"ning uch ochkolik golini esa Krishtianu Ronaldu kiritgan edi. Ammo "mankunianliklar" o‘sha o‘yinda g‘alabaga erishish bilan birga, o‘z hujumchisi Antoni Marsyaldan ham bir necha haftaga ayrildi. Bu esa "ayrimlar"ga katta imkon degani. Jamoa ustozi Erik ten Xag so‘zlariga ko‘ra, Marsyalsiz klub Ronalduning yordamiga muhtoj bo‘ladi. Bu haqida ten Xag o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Niderlandiyalik mutaxssis shunday deydi:

"Men uni (Ronalduni) qo‘limdan kelganicha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Biz har bir futbolchidan har xil narsa talab qilamiz. Shaxsan men, Ronaldudan samarali foydalanish tarafdoriman. Hozir u nisbatan yaxshiroq formada va bundan xursandman. Mavsum boshida uning formada emasligi hamma uchun muammoga aylangandi. Bu esa shuni yana bir bor isbot etdiki, hech kim mavsumoldi bahslarini o‘tkazib yubormasligi kerak.

Men hozirga qadar Ronaldu bilan ko‘p gaplashdim. Shu sabab uning formada emasligini yaxshi bilardim. Ammo oxirgi o‘yinda u ajoyib mahsuldorlik ko‘rsatdi. Assist va gol, o‘ylashimcha, yomon natija emas. Pressinglarda ham Ronaldu yetarlicha ishtirok etmoqda. Uning formada bo‘lmagani, jamoa uchun ham murakkab davrga aylandi. Men esa doimo jamoaning har bir a’zosini o‘yinlarga tayyor bo‘lishini xohlayman. Ammo bu hayot va doim ham bunday bo‘lavermaydi. Ayniqsa, sizni oldinda muhim o‘yin kutib turgan bo‘lsa. Kerakli futbolchilar mavjud bo‘lmaganda, foydalanish mumkin bo‘lganlaridan maksimum oqilona bo‘lgan tarkib shakllantirishga harakat qilaman. Ishoning, har bir bahsda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Yevropa sahnida harakat qilish oson ish emas. Ammo YELda guruhni yutish juda ham muhim. Buni futbolchilarim ham yaxshi biladi".

37 yoshli Ronaldu payshanba kuni oqshomida "Omoniya"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Ushbu bahsni hujumchi Marsyal, himoyachilar Xarri Maguayr va Uan-Bissaka hamda yarim himoyachi Donni van de Beklar jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. "Manchester Yunayted" ayni damda YEL doirasida o‘z guruhida "Real Sosyedad" bilan yetakchilik uchun kurashmoqda. Ronaldu esa bu yo‘lda "MYU"ga yordam berishi kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:11, 13.10.2022.
O'qildi: 4900 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.