Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qahhor Mo‘minov: «Agar oldinga siljish bo‘lmasa, Shomurodov qishda «Roma»ni tark etishi mumkin»

Qahhor Mo‘minov: «Agar oldinga siljish bo‘lmasa, Shomurodov qishda «Roma»ni tark etishi mumkin»

Baho:
+ | -

ProSports Management agentligining Osiyo loyihalari rahbari Qahhor Mo‘minov «SE»ga katta intervyu berdi.

Biz esa suhbatning o‘zimiz uchun qizig‘i - Eldor Shomurodov haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.

— Rossiya klublari Osiyo bozoriga ko‘proq e’tibor qaratishlari kerakmi?

- Albatta. Biz diqqatni qayta tiklashimiz kerak.

— O‘zbekistonda ikkinchi Shomurodov bormi?

- Ikkinchisi ham, uchinchisi ham bor...

- Kimlar?

- «Nijniy Novgorod»da o‘ynayotgan yigitimiz bor - Yo‘ldoshev (Ibrohimxalil). Iqtidorli va istiqbolli. Unga boshida moslashib olishi uchun taxminan olti oy kerak bo‘ldi va keyin ajoyib o‘ynadi. Hozir unga RPL klublaridan ikkita real taklif bor, Osiyodan ham jiddiy qiziqishlar bor. Uning tengdoshi Erkinov (Hojimat) «Torpedo»da o‘ynaydi. U yaqinda terma jamoa asosiy tarkibida Kamerun darvozasiga gol urdi. Yigitlar hamon o‘sishda davom etishmoqda. O‘zbekistonda sovet murabbiylik maktabi tamoyillari saqlanib qolgan, davlat infratuzilmaga jiddiy sarmoya kiritmoqda. Viloyat markazlari u yoqda tursin, har bir tuman markazida o‘tgan 20 yil ichida butunlay yangi stadionlar qurildi. Millionlar o‘yiniga bolalar oqimi juda katta - birgina «Bunyodkor» akademiyasida, aytaylik, 2000 nafar bola tahsil oladi. Va bu o‘z mevasini bermoqda.

- Keling, Shomurodov haqida gaplashaylik. «Roma» uni yozda qo‘yib yubormadi, lekin hamon zaxirada. Nima bo‘lyapti o‘zi?

- Eldorga «Torino» va «Bolonya»dan jiddiy qiziqish bor edi. Uni Turkiyaning barcha yetakchi klublari, shuningdek, saudiyaliklar ham o‘z saflarida ko‘rishni juda istashgandi. Ammo «Roma» uni saqlab qolishga qaror qildi. Tabiiyki, biz Joze Mourinyo va bosh direktor bilan suhbatlashdik. Murabbiy matbuotni o‘qimaslikni maslahat berdi.

- Nega?

- U Shomurodovni hech kim klubdan haydamayotgani yoki qo‘yib yubormayotganini tushunishimizni ta’kidladi. Agarda, Osiyo yoki boshqa joydan qandaydir aql bovar qilmas taklif tushsagina o‘ylab ko‘rishar ekan.

— Nima uchun Shomurodovni «A» seriyaning biror jamoasiga ijaraga bermaslik kerak?

- Mourinyo Eldorga shunday debdi: «Eshit, «Bolonya»dagi 10-15talab o‘yindan ko‘ra, «Roma»dagi 5ta o‘yin yaxshiroq». Berluskoni rahbarligidagi «Monsa» varianti ham bor edi. «Monsa» De Zerbi bilan muzokara olib bordi va u birinchi galda «Shoma»ni sotib olishni talab qildi. Ish samarasiz chiqdi. Mourinyo, «Roma» va Italiyadagi hamkorlarimiz bilan maslahatlashuvlar natijasida biz Rimda qolamiz degan xulosaga keldik. Ko‘ryapsizmi, «Roma» futbolkasi, xuddi «top» prefiksi bo‘lgan boshqa klublar singari, har bir futbolchining faoliyatidagi juda muhim voqea: bu brend, bu kompaniya. U kuchli beshlik chempionatlaridan birining top-klubida o‘ynaydi. Buni qadrlash kerak. Shu bilan birga, Mourinyo Eldorda imkoniyat bo‘lishini muntazam takrorlayapti.

- «Atalanta» bilan o‘yinda Shomurodov imkoniyatni oldi, ammo qulay vaziyatni golga aylantira olmadi, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi...

- Ha. Agar o‘sha epizodda gol bo‘lganida, u qahramonga aylanardi. To‘g‘ri, rulda Mourinyo borligini e’tiborga olsak bu umuman hech narsani anglatmaydi. Ulkan raqobat - bu top klublarda bo‘lganingizda kurashishingiz kerak bo‘lgan narsadir. Va biz shu bilan yashayapmiz - biz ham televizor qarshisida o‘tirib, Shomurodov gol urmasa, tashvishlanamiz. Ammo kompaniyamizda qoida bor: agar bir narsaga qaror qabul qilgan bo‘lsak, unda faqat shu yo‘nalishda harakat qilamiz. Biz «Roma»ni hurmat qilishimiz kerak. Ayrim hamkasblarimiz esa doim salbiy jihatlarini izlaydilar: aybdor murabbiy, klub...

- Siz bunday emasmisiz?

- «Roma» hujumchi uchun «Jenoa»ga katta pul to‘laganini yaxshi bilamiz. Rimliklar ro‘yxatida har doim ko‘p sonli o‘yinchilar bo‘lgan, lekin ular Eldorni tanlashdi. Buning qiymati baland. Klub hech qachon uning ko‘ksidan itarmagan, balki: «Sen bizga keraksan. Qani, bo‘l - kurash!», degan.

- Mourinyo muloqotda qanday?

- Janob bilan rahbarimiz German Tkachenko doimiy aloqada bo‘ladi. Menimcha, u bu haqda ko‘proq aytib berishi mumkin. Joze JCH-2018da RT jamoasi tarkibida ishlaganida bir necha bor uchrashganmiz. Mourinyo bilan muloqot qilish oson emas. O‘z qadrini biladi.

- Shomurodovning o‘zi, masalan, Abraxam bilan raqobat qilishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qildimi?

- Til bilan bog‘liq shikoyatidan keyin Mourinyoning Shomurodovga da’vosi aynan shunday edi: u o‘zini bo‘ridek, qassobdek, yirqichdek his qilishi kerak! Tug‘ma yumshoqlik, aql-zakovat, hayo qayerlardadir haqiqatan ham Eldorga to‘sqinlik qiladi. Buni uning o‘zi hal qilishi kerak. Osiyolik futbolchilarning afzalliklari juda ko‘p. Intizom, yuksak texnika, oddiylik. Lotin amerikaliklar klubga o‘tishdan oldin har bir tiyinga savdolasha olsa, o‘zbeklar butunlay boshqacha. Ular har doim biror joydan boshlash kerakligini tushunishadi. Ammo maydonda «oqsoqollar»ga haddan tashqari hurmat ko‘rsatish bu holatda kamchilikdir.

— Shomurodovning rivojlanish strategiyasi qanday?

- Albatta, biz faqat «Roma» libosi egasi maqomi bilan kifoyalanish niyatida emasmiz. Qishda hali ko‘rib chiqamiz. Agar qandaydir siljish bo‘lmasa, qaror qabul qilamiz, albatta. U 27 yoshda va hali Yevropada o‘ynashni xohlaydi. Keyin esa, uning o‘zi yashirmayapti, qaysidir Osiyo ligasida o‘ynash istagi ham bor.

M.PO‘LATOV tarjimasi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:19, 13.10.2022.
O'qildi: 3252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.