Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

De Xea "Omoniya" darvozabonining o‘yini haqida ijobiy fikr bildirdi

De Xea "Omoniya" darvozabonining o‘yini haqida ijobiy fikr bildirdi

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Yevropa ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan “Omoniya”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng, raqib darvozaboni Frensis Uzoxoning o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniyalik posbon hamkasbini maqtab, u ko‘plab ajoyib seyvlarni amalga oshira olganini ta’kidladi.

“Menimcha, u ajoyib o‘ynadi. U 8-10 ta ajoyib seyv amalga oshirdi, ammo yakunda biz gol urdik. Albatta, u juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi", - dedi de Xea UYEFA rasmiy saytiga.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "mankunianliklar"to‘qqiz ochko jamg‘arib, "E" guruhi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubidan 3 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 12:52, 14.10.2022.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик