Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«El-klasiko»ni kim sharhlashi ma’lum bo‘ldi

«El-klasiko»ni kim sharhlashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -1

Bugun Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi. O‘yinni "Sport" kanali orqali sharhlaydigan sport jurnalisti bu haqda quyidagicha xabar qoldirdi:

"U professional futbolga 2017 yilda kirib keldi. O‘rtoqlik o‘yini edi. Bugun esa oradan 5 yil o‘tib u klublar o‘rtasidagi eng muhim uchrashuvda debyut qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu debyutgacha bo‘lgan yo‘lni biroz eslash kerak.

Osmon mezonlardan yiltirar edi. 5 yil avval edi, yoz edi, yeru osmon tiniq edi. Va havoda o‘rgimchak iplari ohista suzardiki...

Ilk o‘yin, ilk urinish, ilk taassurot va ilk xatolar! U o‘ziga bo‘lgan ishonchni topish uchun maydonda to‘p ortidan tinmay yugurar, asli o‘ziga bo‘lgan ishonchni emas, o‘zini izlardi go‘yo...

Bugungacha u Rossiyadagi mundialda o‘ynadi, Yevro-2020 uchrashuvlarida ham harakat qildi.

2022 yil avvalida esa jamoasini o‘zgartirdi. Asli bu yil uning uchun farqli o‘tmoqda. Bahorning so‘nggi kunlari u Chempionlar ligasi finalida debyut qildi. Yodingizda bo‘lsa o‘shanda “Real” “Liverpul”ni yengib titulni qo‘lga kiritgandi. 

2022 yil, 16-oktyabr

Aytilgandek, bu kun u ilk bor "el-klasiko"da harakat qilishi lozim. Tayyorgarlik har doimgidan o‘zgacha, boisi hayajon ham doimgidan farqli. Katta o‘yin. Muhim o‘yin!
 
Yaxshi ham-ki, u o‘sha 5 yil avval – ilk professional o‘yinda yonida bo‘lgan jamoadoshi bilan bugun ham birga harakat qiladi. Shunda osonroq bo‘ladi. Shunda yaxshiroq bo‘lishi kerak...

Ha, do‘stlar, bu men uchun ilk klasiko bo‘ladi!"

Orif Tolipov.

Manba: stadion.uz

Демак, "эл-класико"ни Даврон Файзиев ва Ориф Толипов шарҳлаб боришади.

Kiritildi: 08:36, 16.10.2022.
O'qildi: 6961 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик