Pep Gvardiola "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvi arafasida Yurgen Klopp bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Menimcha, munosabatlar juda yaxshi. Lekin biz hech qachon birga tushlik ham, kechki ovqat ham qilmaganmiz.
Yurgen avvalroq shartnomasini uzaytirgan edi, u meni kechki ovqatga taklif qilishi mumkin edi” - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.