Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Kamgap Kronke kim?

Kamgap Kronke kim?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

27 iyun sanasida rossiyalik Valeriy Nichushkin o‘ynaydigan «Kolorado Evelansh» klubi 21 yillik tanaffusdan so‘ng MXLda zafar quchdi.

4 g‘alabagacha davom etadigan final seriyasi jamoa «Tampa-Bey» xokkeychilarini 4:2 hisobida taslim etdi. Sal avvalroq «Kolorado Mammof» lakross klubi Milliy ligada g‘olib chiqqandi. «Los-Anjeles Rems» esa nafaqat MFL, balki Amerika sortidagi yilning asosiy bellashuvida Superboul chempioni bo‘lgandi. Mazkur chempion jamoalar Kroenke Sports xolding kompaniyasi tasarrufidagi klublar hisoblanadilar. Ularning sohibi Sten Kronkening boyligini «Forbes» jurnali 10,7 mlrd. dollarga baholagan.

Ko‘pchilik Kronkening oilaviy sport imperiyasini dunyodagi eng yirik uyushma, deb hisoblaydi. «Evelansh», «Mammof» va «LA Rems»dan tashqari, «Arsenal» futbol klubining erkaklar va ayollar jamoalari, MBAning «DenverNaggets», MLSning «Kolorado Repids»va kibersport bo‘yicha «Los-Anjeles Gladiators» hamda Los-Anjeles Gerillaz» jamoalari ham Kronkega tegishli.


Milliarder bo‘lishiga omadli nikoh sababchi

Sten Kronkening hayoti u 27 yoshga chiqqanidan keyin shiddat bilan yuqoriga ko‘tarila boshladi. O‘shanda u ulgurji va chakana savdo sohasida dunyoning eng yirik tarmoqlaridan biri - Walmart kompaniyasi prezidentining qizi Enn Uoltonga uylangandi. Hozir kompaniya daromad bobida 1-o‘rinda bormoqda. Uning 1 yillik daromadi 570 mln. dollarga yaqin.

1983 yilda Kronke Kroenke Group firmasini tashkil etib, ko‘p xonadonli uylar yaqinida savdo markazlarini qurishga kirishdi. Qarindoshlik rishtalari unga Walmart do‘konlari yonida ko‘chmas mulk biznesini rivojlantirish huquqini berdi. Shu tariqa o‘sha davrdagi 551ta savdo nuqtalari hozir 10585taga yetdi.


Kronkening MFLdagi muvaffaqiyati: «Ular go‘yo mavsum o‘rtasida van Deykni «Nyukasl»ga xarid qilishgandek»

Shu yilning13 fevralida Kaliforniyadagi «Sou-Fay» stadioniga to‘plangan 70000 muxlis guvohligida «LA Rems» «Sinsinnati Bengals» jamoasi ustidan 23:20 hisobida g‘alaba qozongandi. Uchrashuvni TV orqali 100 mln.dan ko‘proq kishi tomosha qildi. Superboul vaqtidagi 30 soniyali ovoza roliki 2022 yilda 6,7 mln.dan 7 mln.gacha daromad keltirdi. Nihoyat, o‘yindan keyin nufuzli sovrinni Sten Kronke boshi uzra baland ko‘tardi - Enn Uolton turmush o‘rtog‘ining quvonchi yeru-ko‘kka sig‘may qolgandi.

AQSHning tengsiz jamoasi bo‘lish yo‘lida «Rems» va Sten barcha imkoniyatlarni safarbar etdilar, asosiy raqobatchilarning eng sara va tajribali o‘yinchilarini o‘z tarkiblariga chorladilar. Tasavvur qiling, transfer mavsumining so‘nggi soatlarida Virjil van Deyk behisob millionlar evaziga «Liverpul»ni tark etib, «Nyukasl»ga o‘tdi. Shokmi? Shak-shubhasiz!!! «Rems» «Bronkos» faxriysi Von Millerni aynan shu usulda o‘z safiga qo‘shib olgandi.


Kronkening MXLdagi zafari: Qaysi Makar bilan?

2000 yilda «Kolorado» Sten Kronke izmiga o‘tayotgan pallada MXL favoritlaridan biri edi. Jamoa 1996 yilda Stenli Kubogida g‘olib chiqqan, 1999 va 2000 yilda g‘arbiy konferensiya finalida o‘ynagandi. Kronkening debyuti ham Stenli Kubogi bilan nishonlandi. Biroq keyin natijalar pasayib ketdi.

Buning asosiy sababi sifatida 2005 yilning iyulida joriy etilgan ish haqiga oid cheklovni ko‘rsatish mumkin. Bunga qadar jamoa o‘z xokkeychilaridan pulni ayamasdi, liganing eng ko‘p maosh oladigan yetakchi o‘nligidagi o‘yinchilarning 3 nafari «Kolorado» vakillari edi. Cheklov tufayli jamoa o‘z yetakchilaridan judo bo‘ldi. Pasayish 2016|2017 yillar mavsumigacha davom etdi. o‘shanda jamoa mavsumni 48 ochko bilan yakunlab, so‘nggi pog‘onadan joy olgandi.


«Arsenal»: sabr va mehnat o‘zini oqlaydimi?

London «To‘pchilari» yuqorida zikr etilganidek, Stenning to‘ng‘ich farzandi izmida. Josh Londonda «Kolorado» xokkeychilari qayd etgan parvozni takrorlash niyatida. Kichik Kronke Mikel Arteta va texnik direktor Edu Gasparga juda ishonadi. Artetani murabbiylikdan menejerlik maqomiga ko‘tardi, Eduni esa yirik transfer byudjeti bilan ta’minladi.

Natijada, «Arsenal» avvalgi mavsumlar oralig‘ida dunyo bo‘yicha eng ko‘p - 165,6 mln. yevroli transferni amalga oshirdi. Bu yil tarkibni kuchaytirish davom etmoqda. «Portu» vakili Fabiu Viyeyra (35 mln.) va «Siti» straykeri Gabriel Jezus (52,2 mln.) «Emireyts»ga ko‘chib o‘tishdi, «Lion» vingeri Lukas Paketa uchun 70 mln. yevro tayyorlab qo‘yilgan.

Yangi mavsum Kronke-Edu-Arteta uchligining keyingi taqdirini belgilab beradi. Agar jamoa yana YECHLdan chetda qolsa, muxlislarning jiddiy e’tirozlariga duch kelishi aniq. Hozirning o‘zidayoq ular Joshning Arteta bilan yangi shartnoma imzolaganidan norozilar. Lekin Kronkening Amerika futboli va xokkey jamoalari shohsupadan joy olishgani londonlik muxlislarga umid bag‘ishlagani ham rost. Kim biladi deysiz, balki Lombardi va Stenli Kuboklari ortidan APL Kubogi ham 80ga yaqinlashib qolgan Sten Kronkening sovrinlar kolleksiyasidan joy olar...

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 16.10.2022.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.