Italiya chempionatida “Napoli” peshqadamlikni saqlab qoldi.
Luchano Spalletti shogirdlari “Bolonya”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, A Seriyaning 10 uchrashuvida 26 ochko to‘plashdi.
Neapolliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 10 uchrashuvda umumiy 32:10 hisobida zafar quchgan.
Keyingi turda “Napoli” safarda “Roma” bilan o‘ynaydi.