Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

«Muxlislardan uzr so‘rayman». Vadim Abramov «Metallurg» bilan o‘yin va tarkibdagi muammolar haqida

«Muxlislardan uzr so‘rayman». Vadim Abramov «Metallurg» bilan o‘yin va tarkibdagi muammolar haqida

Baho:
+ | -

Superliga 22-turi doirasidagi «Dinamo» - «Metallurg» (0:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Yomon o‘yin ko‘rsatdik, tabiiyki bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Har qanday gapim mag‘lubiyatga bahona izlashdek bo‘lib qolishi mumkin. Muxlislardan uzr so‘rayman. Chunki ularni g‘alaba bilan xursand qilishni uddalay olmayapmiz.

Afsuski, qo‘l ostimizdagi bor imkoniyatdan foydalanib, to‘p suryapmiz. Tarkibimizdagi 19 o‘yinchidan 6 nafari yosh, 3 nafar o‘yinchi esa betobligiga qaramay o‘ynashga majbur bo‘lmoqda.

Ha, aksiga olib Boydullayev va Abdurahmonov chetlatish sabab keyingi o‘yinda bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini tarkibda bor yoshlar bilan to‘ldirishga majburmiz. Tarkibda betob o‘yinchilar ko‘p, ularning aksarini maydonga tushirishga majburmiz, aksariyati esa o‘ynamadi.

Bugungi o‘yinimizdan tashqari, avvalgi har o‘yinimizda darvozamiz tomon penalti tepishdi. Bu penalti emas demoqchi emasman, shunchaki hozirgi vaziyatimiz, holatimiz shunday. Oldin hech bir klubda bu vaziyatga tushmaganman.

Mahmudxojiyev nega darhol zaxiraga olindi? U o‘yinga kirishib keta olmadi. Tarkibni kuchaytirish uchun yetarli zaxira imkoniyatiga ega emasmiz. O‘yinda qandaydir o‘zgarish yasashga urinayapmiz, ammo buning iloji bo‘lmayapti.

Abdujamol Isroilov nega o‘yin boshida almashtirildi? Jarohatiga qaramay, uni maydonga tushirgan edik. Ammo darhol ko‘rindi – u o‘ynay olmasdi. Uni zaxiraga olishga majbur bo‘ldik. Afsuski, hozirda shunaqa vaziyatdamiz, - deydi «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Karlenovich.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:41, 17.10.2022.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.