Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 2-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Timur Kapadze: “Futbolchilarim charchash nima ekanini bilishmaydi”

Timur Kapadze: “Futbolchilarim charchash nima ekanini bilishmaydi”

Baho:
+ | -

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Olimpik” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z shogirdlarining noodatiy “kasalligi”, ularning jismoniy holati va “Lokomotiv”ning Superligadagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Raqib hozirgi holatida bor kuchini berib o‘ynashini bilar edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Birinchi bo‘lim qiyin kechdi. Darvozamizdan tezkor gol o‘tkazib yubordik. Bu bizning “kasalligimiz”. Raqibga gol urishga imkon berib, keyingiga vaziyatni o‘nglayapmiz. Bugun ham shunday bo‘ldi. Shunga qaramay bugun g‘alaba qozondik. Ikkinchi bo‘limni deyarli xatolarsiz o‘tkazdik”, - dedi murabbiy.

“Menga murabbiy sifatida futbolchilarni bir jamoa safida o‘ynab turganlari yaxshi. Chunki, mening qo‘l ostimda o‘ynasalar imkoniyatlarini baholay olaman. Kuchliroq jamoalarda ularga o‘yin vaqti kafolatlanmagan. Muhim musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Shu bois, ularning bir jamoa safida o‘ynab turishlari yaxshiroq deb o‘ylayman”.

“Mening shogirdlarim charchoq nimaligini bilishmaydi. Ularga mashg‘ulotlarda zarur yuklamalarni berayapmiz va jismoniy holatlarini yaxshi ushlab turishlariga harakat qilayapmiz. Agar e’tibor qilsangiz, biz emas, balki raqiblar bizga qarshi o‘yinlarda ko‘proq charchashayapti”

“Lokomotiv” menga begona emas. Stadionga kelsam, o‘z uyimga kelgandek bo‘laman. Ularning hozirgi holatidan havotirdaman, albatta. Bu jamoani Superligada ko‘rmaslik g‘alati. O‘ylaymanki, ularda hamon imkoniyat bor va ular Superligada qoladi" - dedi Kapadze.

Kiritildi: 00:11, 18.10.2022.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик