Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ivan Boshkovich: “O‘yinchilarimizni yaxshi qo‘riqlashdi”

Ivan Boshkovich: “O‘yinchilarimizni yaxshi qo‘riqlashdi”

Baho:
+ | -

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – AGMK (0:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich raqibning kuchli tomonlari, akademiya tarbiyalanuvchilari va maydon chimi borasida fikr bildirdi.

“Raqib bugun o‘yinchilarimizni yaxshi qo‘riqladi. Bo‘sh xududlar ochilishiga imkon bermadi va haqli g‘alabaga erishdi”, - deydi murabbiy.

“Pobulich olti oydan beri o‘ynamadi va uning jismoniy holati yaxshi emas. Kim aytdi akademiyamizda yaxshi hujumchilar yo‘q deb? Mana, Sudaysi Jo‘raboyev bugun debyut qildi. Avvalgi o‘yinda Ulug‘bek Kenjayev zaxirada o‘tirdi. Imkon berayapmiz. Akademiyamizning katta qismi terma jamoalarda o‘ynashadi. Ularga ham imkon beriladi. Yosh va iqtidorlarimiz ko‘p. Barchaga o‘yin amaliyoti beriladi”.

“Maydon chimining o‘yinga ta’sir qilishi bor gap, ammo bu o‘yinimiz chiqmadi deyish uchun bahona bo‘la olmaydi. Balki maydon ideal holatda bo‘lmagan, o‘yinchilar kuchsiz o‘yinga bahona izlashgandir. Ammo, “Jar” stadioni o‘ylashimcha, bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yaxshi stadionlardar biridir”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:41, 20.10.2022.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик