Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mirzohid Mamatxonov: «Bahrayn klubiga o‘tishim Facebook orqali amalga oshdi»

Mirzohid Mamatxonov: «Bahrayn klubiga o‘tishim Facebook orqali amalga oshdi»

Baho:
+ | -

Chortoqlik darvozabon Mirzohid Mamatxonov yana legionerga aylandi.

Mahoratli darvozabon endilikda Bahrayn 1-Ligasi ishtirokchisi «Ittihod Al Rif» klubi sharafini himoya qiladi. Bunga qadar u faoliyatini Qirg‘izistonning «Nur Batken» jamoasida davom ettirib kelayotgandi. Xo‘sh, bugungi suhbatdoshimiz qay tariqa Bahraynda paydo bo‘ldi? Buni bilish istagida Mamatxonov bilan atroflicha muloqot qildik.

- Mirzohid, yangi jamoaga o‘tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hammasi juda oddiy amalga oshdi. Aniqrog‘i, «Ittihod Al Rif» jamoasini bosh murabbiyi Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali men bilan bog‘landi va jamoasiga taklif qildi. Shundan keyin agentim bilan birgalikda klub tomonidan taklif qilingan barcha sharoitlarni o‘rganib chiqdik. Natijada hammasi meni qoniqtirdi va kelishuv amalga oshdi.

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- Shartnomani 1}1 shaklda imzoladim. Aslida menga klub 3 yillik bitim taklif qilgandi. Biroq men rad etdim, birinchidan, jamoa ayni vaqtda Bahrayn 1-Ligasida ishtirok etmoqda. Qolaversa, yangi mamlakat va unga moslashib ketish muhim masala hisoblanadi. Shu jihatlarini hisobga olib, 3 yillik shartnomaga rozi bo‘lganim yo‘q.

- Bayhran quyi ligasidan tushgan taklif sizni ikkilantirmadimi?

- Aslo yo‘q. Chunki klub bosh murabbiyi u yerdagi barcha sharoitlarni videoga olib menga yubordi. Buni ko‘rib, rozilik bildirdim. Bahraynga yetib kelganimdan keyin o‘z ko‘zlarim bilan sharoitlar bilan yana tanishib chiqdik va qarorim naqadar to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘ldim.

- Qaror qabul qilishda qaysi jihat sizga ma’qul keldi?

- Rostini aytsam, o‘zim ham anchadan beri faoliyatimni arab mamlakatlarining birida davom ettirishni istayotgandim. Bunda esa qaysi ligada to‘p surishim muhim ahamiyatga ega emasdi. Bahrayn futboli yaxshi rivojlanganligini bilardim. Shu jihatlari meni darhol taklifga rozi bo‘lishimga asos bo‘ldi.

- Jamoangizning bugungi kundagi asosiy maqsadi nima?

- Maqsadimiz - Bahrayn Oliy divizioniga yo‘llanma olish hisoblanadi. Bundan tash­qari, jamoamiz bilan birgalikda Bahrain King Cup-da ham g‘olib chiqishni rejalashtirganmiz.

- Ammo, chempionatni muvaffaqiyatsiz boshladingiz...

- Ha, albatta, mavsumni kutilmaganda omadsiz boshladik. Lekin oldinda juda ko‘plab o‘yinlarimiz bor. Biz maqsadimizni amalga oshirish uchun keyingi bahslarga katta e’tibor qaratamiz. Ishonamanki, mavsum yakunida vazifaning uddasidan chiqamiz.

- Mashg‘ulotlar jarayoni qiziqarlimi?

- Ha, albatta. Ular asosan taktik hamda texnikaga asosalangan tarzda o‘tiladi. Shuningdek, darvozabonlar uchun mashg‘ulotlar ancha qiziqarli va murakkabdir. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi joyida.

- Jamoada sizdan tashqari, yana nechta legioner bor?

- Jamoamizda jami olti nafar legioner bor. Biroq maydonda bir vaqtning o‘zida 5 nafari o‘ynashi mumkin.

- Sizga qanday sharoitlar yaratib berildi? Maosh ham yaxshi bo‘lsa kerak?

- Albatta, sharoitlar a’lo darajada. Aytaylik, yashash uchun qulay xonadon va mashina berishdi. Ammo, maosh masalasiga u qadar katta e’tibor qaratmadim. Asosiy maqsadim - kelgusida faoliyatim Bahrayn Premyer-liga klubida davom ettirish hisoblanadi.

IZZATBEK suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:00, 20.10.2022.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.