"Napoli" sport direktori Kristian Jintoli "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliyaga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
- Xvicha Kvarasxeliyani sotib olishga "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar bor. Bu to‘g‘rimi?
- To‘g‘ri emas! Bu yolg‘on.
- Klub uni qo‘yib yuborishga tayyormi?
"Bizda Kvarasxeliyani sotish istagi yo‘q", - deya Jintoli so‘zlarini keltiradi "SE".













