Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Tyerri Anri: Erik ten Hag Ronaldu uchun emas, jamoa uchun «Manchester Yunayted»da

Tyerri Anri: Erik ten Hag Ronaldu uchun emas, jamoa uchun «Manchester Yunayted»da

Baho:
+ | -

«Arsenal» va «Barselona» sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida gapirdi.

"Bu oson emas, lekin ten Hag Ronaldu uchun emas, jamoa uchun «Manchester Yunayted»da. Krishtianu jamoaning bir qismi, shuning uchun bunga yechim topish zarur. Ba’zida Erik ten Hag usiz o‘ynashiga to‘g‘ri kelmoqda, bu esa qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki odamlar u haqida gapiradi. Ronaldu futbolda juda ko‘p narsaga erishgan, u qayd etgan natijalarga hamma ham erisha olmaydi. Gap Krishtianu hozir nima qilayotgani emas, avval nimalar qilgani haqida", — dedi Anri.

Mankunianliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Tottenhem»ga qarshi uchrashuv (2:0) vaqti yakunlanmasdan, kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.

Jamoa bosh murabbiyi ten Hag o‘yindan so‘ng Ronalduning bu harakatini keyinroq muhokama qilishini aytib o‘tdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:17, 20.10.2022.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.