Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn

"Oltin to‘p" topshirish marosimida Benzema 435 ming funtlik soat taqqan. Levandovski esa...

"Oltin to‘p" topshirish marosimida Benzema 435 ming funtlik soat taqqan. Levandovski esa...

Baho:
+ | -

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p" topshirish marosimiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rgan. Buni uning qo‘lidagi soatidan ham bilib olish qiyin emasdi. Fransiyalik futbolchi o‘z yurtiga 435 ming funt turadigan "Richard Mille" brendi ostidagi qo‘lsoat taqib borgan. Boshqa tomonda Benzemaning o‘ta kamtarin raqibi bo‘lgan, Levandovski esa atigi 52 funt turadigan "Casio" rusumidagi soatdan foydalangan. Bu haqida "Marca" nashri ma’lum qildi.
34 yoshli Benzema Fransiyaga o‘ziga xos stilda kiyinib borgandi. Bu uncha sahnada o‘z soati bo‘lgan yarim millionlik "Richard Mille"ni ko‘z-ko‘z qilish imkonini berdi.

Benzemaning qo‘lidagi soat futbolchiga eng murakkab davrlarni eslatib turadi. U terma jamoadan haydalgan, Matyo Valbuena bilan mojaroga borgan va "Real"da Ronalduning soyasida qolib ketgandi. Ushbu matoh esa futbolchiga aynan shu davrlarni eslatib turadi. Soat Benzema uchun maxsus tayyorlangan. Karim "Real"da haftasiga 275 ming funt oladi. Bundan kelib chiqadiki, hujumchi o‘z soati uchun ikki hafta ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Benzemaning yillik maoshi 62,5 million funtni tashkil etadi. Tabiiyki, o‘zi g‘olib chiqadigan marosim uchun Benzema anchagina tayyorgarlikni amalga oshirgan.

Benzemaning "Oltin to‘p" uchun raqobatchisi Levandovski esa hammasini oddiy va sodda bo‘lishini ma’qul ko‘radi. U marosimga o‘z rafiqasi Anna bilan, qo‘lida "Casio"ning 52 funtlik soatini taqqanicha yetib keladi. U "Barselona"ga o‘tgach, o‘z maoshini ancha kamaytirishga majbur bo‘ldi. Hozirda Kataloniyada polshalikning bir haftalik xizmatiga 150 ming funt to‘lashadi. Ammo Levandovski yillik, 75 million funt daromadga ega. Bu esa Benzemanikidan ko‘proqdir. Shunday ekan, Levandovski ham Benzema kabi "o‘ziga oro" berib kelsa bo‘lardi. Ammo u bunday qilmadi.

E’tirof etish kerakki, Benzema yaqin bir hafta ichida Levandovskidan ikki bor ustun keldi. Birinchisida "Real" "Barselona"ni 3-1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchida Levandovski "Oltin to‘p" jadvalida Benzemadan uch pog‘ona pasta edi. (4-o‘rin). Shunga qaramay, Robert quruq qo‘l bilan Fransiyadan qaytmadi. Unga bir kalendar yilida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida "Myuller Sovrini" taqdim etildi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:50, 21.10.2022.
O'qildi: 7599 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.