Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Sadio Mane: «Senegalning 2002 yilgi rekordlarini yangilamoqchimiz»

Sadio Mane: «Senegalning 2002 yilgi rekordlarini yangilamoqchimiz»

Baho:
+ | -

2022 yil Sadio Mane yetakchiligidagi Senegal uchun oltin yil bo‘lishi mumkinmi?

Fevral oyida Afrika Millatlar kubogida zafar quchgan «Bavariya» futbolchisi «Teranga sherlari»dan arab zaminida katta muvaffaqiyatlar kutilayotganini yaxshi tushunadi. Butun mamlakat bambalilik hujumchi va uning jamoadoshlaridan 2002 yilda Janubiy Koreya va Yaponiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan El Hoji Diuf yetakchiligidagi jamoa bilan tenglashtirganini, hatto undan oshib ketishini intiqlik bilan kutmoqda. Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni sohibi, Mane ulkan texnik qobiliyatga ega va o‘z milliy jamoasi uchun asosiy figura hisoblanadi. FIFA rasmiy sayti ham Sadioning jamoasi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

- Senegal uchun jahon chempionati yo‘llanmasini ta’minlagan golni urganingizdan so‘ng o‘zingizni qanday his qildingiz?

- Bu tuyg‘uni ifodalash uchun haligacha so‘z topolmayman. Ajoyib edi! Biz o‘z uyimizda o‘ynadik va uchrashuv boshlanishi kechroq vaqtga belgilangan bo‘lishiga qaramay, «Damniadio» stadioni 10:00dayoq to‘lib ketganini aytishdi. Bu biz uchun juda muhim bo‘lgan o‘yin edi. Misrdagi birinchi o‘yinda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandik - o‘sha o‘yin og‘zimizda achchiq ta’mni qoldirgandi, chunki biz birinchi o‘yinda g‘alaba qozonishga juda ishtiyoqmand edik, garchi ancha qiyin bo‘lsada. Bu esa bizning jangovar ruhimiz haqida gapiradi. Javob o‘yini biz futbolchilar uchun ham, barcha senegalliklar uchun ham muhim edi. Vaziyatlar bizni biroz bosim ostida qoldirdi. Biroq bu bosim muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi tufayli motivasiyaga aylandi. Ular start hushtagi chalinganidanoq orqamizda turishdi va o‘z rollarini qoyillatib bajarishdi. Men o‘sha kuni hech qachon misrliklar darvozaboniga qarshi maydonga tushganimdek motivasiyaga ega bo‘lmaganman, qolgani esa tarixdir.

- Yangi «Stad dyu Senegal»­da g‘alaba to‘pini kiritganingiz bu lahzani yanada o‘ziga xos qildi, shundaymi?

- Albatta! Rekordlar kitobiga ko‘ra, Misrga qarshi o‘yin «Teranga sherlari»ning ushbu stadiondagi ilk o‘yini bo‘ldi. Bu «yangi uyimiz»ning ochilishi edi va yutqazishga aslo haqqimiz yo‘q edi.

- Murabbiyingiz Senegal MTJning sobiq futbolchisi Aliu Sisseligi ustunlik qandaydir beradimi?

- Ha, shubhasiz. U mamlakatni besh qo‘liday biladi va bolaligining bir qismini chet elda o‘tkazgan. Jamoamizga nazar tashlasangiz, dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilar borligini ko‘rasiz. U bizga qanday munosabatda bo‘lishni, gaplashishni biladi va ko‘p yillar Senegal sardori bo‘lib ishlagan. Uning terma jamoa sardori bo‘lgani biz uchun yangi avlod «sherlar» sifatida qo‘shimcha mukofotdir. Tajribasiga kelsak, 2002 yilgi Afrika Millatlar Kubogida qatnashgan, Senegal finalda Kamerunga mag‘lub bo‘lgan, bu o‘yindan ko‘p narsani o‘rgangan. Har doim bizga aynan o‘sha o‘yin haqida gapirib beradi. Uning uslubi aniq, futbolga mehri ham cheksiz. U ehtirosli va bir-ikki so‘z-u imo-ishoralar bilan ehtirosini bizga singdira oladi.

- Sissening murabbiy sifatida qanday kuchli tomonlari bor?

- Unda hamma narsa bor. U yetakchi va biz uchun ko‘proq akamizga o‘xshaydi: u bilan istalgan mavzuda gaplasha olamiz - uning o‘ziga xosligi ham shunda. Bizdan hamisha eng yaxshi sifatlarimizni siqib chiqaradi, shuning uchun ham barchamiz termaga yuzda tabassum bilan boramiz. Unga rahmat, lagerda muhit yaxshi va jamoada haqiqiy quvonch bilan o‘ynamaslik qiyin. Murabbiyimiz haqida yana bir ta’kidlashim zarur bo‘lgan jihat shundaki, u har qanday vaziyatda ham ijobiy munosabatda bo‘la oladi. Shaxsiy saviyada men terma jamoa libosida faoliyatimning eng yaxshi damlarini o‘tkazdim va bu ko‘p jihatdan uning mehnatlari samarasidir. Fursatdan foydalanib unga rahmat aytmoqchiman.

- Senegal Qatar, Ekvador va Niderlandiya bilan birga «A» guruhidan joy olgan. Senegalliklar uchun eng katta xavf niderlandlarmi?

- Biz ularga hurmat ko‘rsatishimiz kerak. Ular FIFA reytingida e’tirofga sazovor o‘rinni egallab turishibdi. Juda kuchli jamoa va jahon chempionatlarida ham ajoyib statistikaga ega. Biroq, guruhdagi boshqa jamoalar, Ekvador va Qatarni kamsitib qo‘ymaslik kerak, ular ham albatta, u yerga aylangani bormaydi. Ekvador saralash bosqichini yaxshi o‘tkazdi, Qatar esa o‘z maydonida kuchli raqib bo‘ladi. Biz kabi ular ham qit’alarining amaldagi chempioni sifatida qatnashishadi. Guruhimizdagi hech qaysi jamoani e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz, diqqatimizni jamlashimiz va eng avvalo, bir vaqtning o‘zida bitta o‘yin o‘ynashimiz kerak.

- Bugungi Senegal JCH-2002 chorak finaliga qadar yetib borgan jamoadan qanchalik kuchli?

- Bizning maqsadimiz ham aynan shu, lekin bu ancha qiyin bo‘ladi. 2002 yilgi avlod biz uchun namunadir. Bu jamoa Senegalni jahon futbol xaritasiga joylashtirdi, xalqimiz tarixini qaytadan yozdir, biz esa ularning vorislarimiz. Ha, ular rekord­chilar va barcha rekordlar ularni yengish uchun mavjuddir. Hozir shuni ayta olamanki, biz Qatarga kuchlarimiz haqida aniq tasavvur bilan boramiz va imkon qadar uzoqqa borish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Bilaman, vatandoshlarimiz ham aynan shuni ko‘rishni xohlashadi. Shu yil boshida Afrika Millatlar Kubogida g‘alaba qozonganimizda ular naqadar hayajonlanganini qarang. Agar siz afsonaviy El Hoji Diufdan intervyu olish imkoniga ega bo‘lsangiz, u sizga joriy jahon chempionatida barcha yo‘lni bosib o‘tishimizni xohlashini aytadi.

Manba: fifa.com, 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 21.10.2022.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.