Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Metallurg»ning yagona legioneri Superliga haqida qanday fikrda?

«Metallurg»ning yagona legioneri Superliga haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Ispaniyalik murabbiylar boshqaruvida yangi tarix va marralar sari yuzlanayotgan «Metallurg» Superligada chinakam «chaqilmas yong‘oq»qa aylanib bormoqda.

Muhimi, Luisma Ernandes shtabining jamoa o‘yinida tajriba, mahorat va yoshlik shijoatini uyg‘unlashtirish yo‘lidan borayotgani shundoq ko‘zga tashlanmoqda. Ishonchni oqlayotganlar orasida Bekobod klubining yagona legioneri - Bosniya va gersegovinalik yarim himoyachi Kerim Palich ham bor. Tarkibga davralar oralig‘ida qo‘shilgan futbolchi oxirgi 6ta o‘yinda to‘liq 90 daqiqadan faol harakatlandi. Xo‘sh, Kerim yurtimizda o‘zini qanday his qilmoqda?

- Kerim, O‘zbekiston futboliga moslashishda qiynalmadingizmi, hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- To‘g‘risi, bu yerga kelishim bilan qandaydir tetiklikni seza boshladim. Chunki odamlar juda samimiy, chiroyli munosabat o‘laroq, hayot tarziga ham tezda ko‘nikdim. Qisqasi, yurtingiz juda yoqdi.

- «Metallurg»chi, kelishdan oldin jamoani qanday tasavvur qilgandingiz?

Jamoa yaxshi shakllangan, yigitlar juda ahil. Boshqaruv tizimiga ham gap yo‘q. Shunday klub safiga qo‘shilganimdan bag‘oyat xursandman.

- O‘zi O‘zbekistonga qanday kelib qoldingiz?

- Hammasi to‘satdan ro‘y berdi - do‘stim bilan qahva ichayotgandik, klubdan qo‘ng‘iroq qilishdi. Muhimi, qarashlarimiz bir joydan chiqib, tezda kelishib oldik. Faoliyatim uchun to‘g‘ri qadam tashlaganimga ishonaman. 

- Hozir «Metallurg»ning yagona legionerisiz. Jamoa­da xorijdan nega futbolchi yo‘qligiga qiziqib ko‘rdingizmi?

- Yo‘q, chunki bu mening ishim emas. Ha, boshida ko‘nikish oson bo‘lmasligini o‘ylagandim, lekin yigitlar yordami bilan muammosiz kirishib ketdim. O‘zim ishtirok etgan o‘yinlardan kelib chiqib aytaman, o‘zbek futboli darajasi past emas, deylik, chempionatda sifatli ijrochilarga ega jamoa­lar yetarli ekan.

- Xo‘sh, Superligada qaysi klublarning o‘yini kuchliroq taassurot uyg‘otmoqda?

- Ayni payt chempionlik uchun «Nasaf», «Paxtakor» va «Nav­bahor» o‘rtasida keskin kurash bormoqda. Aynan shu klublarda yuqori saviyali futbol yo‘lga qo‘yilgani ko‘rinib turibdi, chunki ularning tarkibida kuchli ijrochilar yig‘ilgan.

- Ochig‘ini ayting, «Metallurg»ga kelishda nechog‘li ikkilangandingiz?

- Taklif tushgach, «Bunyod­kor»da o‘ynagan vatandoshim Samir Bekrichdan maslahat so‘radim va u yurtingiz hamda chempionat haqida faqat iliq so‘zlar aytdi: «Hammasi yaxshi, boraver, afsuslanmaysan». Shu tariqa ikkilanishga hojat qolmadi.

- Bosniya termasi Qatar-2022 mundialiga chiqolmadi. Jamoaga nima yetishmadi, sizningcha?

- Bosniyada aslida juda kuchli milliy jamoa bor. Faqat hozir avlodlar almashuvi kuzatilmoqda. Ko‘plab nomdor futbolchilar xalqaro faoliyatni yakunlashdi, yoshlarga esa biroz vaqt kerak. 

- Bosniya yoshlar termasida o‘ynagan ekansiz. O‘zbekistonda o‘ynab turib, milliy jamoangizdan chaqiruv olishingiz mumkinmi?

- Bilmadim, lekin har qanday holatda ham harakatdan to‘xtamayman. Albatta, kelajakda o‘z mamlakatim bosh jamoasi libosini kiyishdan umidvorman.

- Bosniya va Gersegovinalik muxlislar agressivroq bo‘lishadi. O‘zbekistondagi muxlislikka qanday baho berasiz?

- Ha, bu borada ikki mamlakatda katta farq bor. Bosniya­da fanatlar jamoalar va futbolchilarga katta bosim o‘tkazishadi, shu bilan o‘yin borishiga ta’sir ko‘rsatishga urinishadi. O‘zbekistonda esa muxlislar nisbatan xotirjam, lekin o‘z jamoalarini chiroyli qo‘llab-quvvatlashar ekan.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:33, 22.10.2022.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.