Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

APL. Kuchli oltilikning bu mavsumda bir-biriga qarshi qayd etgan natijalari haqida bilasizmi?

APL. Kuchli oltilikning bu mavsumda bir-biriga qarshi qayd etgan natijalari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi qiziqarli kechmoqda. 2022-23 yilda APLning gigant klublari birdan oltinchi o‘ringa qadar bo‘lgan pog‘onalarni band etishi kutilmoqda. Shu sababli kuchli oltilikdagi jamoalarning bir-biriga qarshi o‘yini juda ham qizg‘in kechadi. Sentyabr oyidagi ayrim to‘xtalishlardan keyin oktyabr hamda noyabrning birinchi yarmidagi taqvim o‘ta zich tuzilgan. Jahon chempionatidan oldin klublar iloji boricha rejadan chiqib ketmaslikka harakat qilmoqda. Quyida APLning kuchli oltiligi va ularning bir-biriga qarshi qayd etgan natijalari haqida gap boradi.

Ro‘yxatga kiruvchi klublar noyabrga qadar kamida bir marotaba o‘ziga munosib deb hisoblanadigan raqibga qarshi o‘yinga tushib ulgurgan. Natijalar esa sizni hayron qoldirishi aniq. Xususan, "Manchester Yunayted" mavsumning shu davriga qadar o‘zining ashaddiy raqiblarini mag‘ub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda Erik ten Xagning xizmatlari katta, albatta. Keyingi o‘rinni "Arsenal" egallab turibdi. Klub hozirga qadar "Liverpul" hamda "Tottenxem"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. "Liverpul" bo‘lsa, faqat bitta o‘yinda, "Manchester Siti"ga qarshi g‘alabaga erishdi.

Londonning boshqa jamoalari bo‘lgan "Chelsi" hamda "Tottenxem" katta oltilikka kiruvchi jamoalar bilan to‘qnashuvda hali g‘alaba ta’mini totib ko‘rganicha yo‘q. Bu ikkisining o‘rtasida avgust oyidagi bahsda esa, 2-2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan. O‘ylaymizki, hozir va may oyi o‘rtasida ham anchagina o‘zgarishlar qayd etiladi. Demak, joriy natijalar quyidagicha:

1. "MYU" – 10 ochko

O‘yinlar: 5 ta
G‘alabalar: 3 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta
Urilgan gol: 11 ta
O‘tkazilgan gol: 9 ta
To‘plar nisbati: + 2.

2. "Arsenal" – 6 ochko

O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta
Urilgan gollar: 7 ta
O‘tkazilgan gollar: 6 ta
To‘plar nisbati: + 1.

3. "Manchester Siti" – 3 ochko

O‘yinlar: 2 ta
G‘alabalar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta
Urilgan gollar: 6 ta
O‘tkazilgan gollar: 4 ta
To‘plar nisbati: + 2.

4. "Liverpul" – 3 ochko

O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 1 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 2 ta
Urilgan gollar: 4 ta
O‘tkazilgan gollar: 5 ta
To‘plar nisbati: -1.

5. "Chelsi" – 2 ochko

O‘yinlar: 2 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta
Urilgan gollar: 3 ta
O‘tkazilgan gollar: 3 ta
To‘plar nisbati: 0.

6. "Tottenxem" – 1 ochko

O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 2 ta
Urilgan gollar: 3 ta
O‘tkazilgan gollar: 7 ta
To‘plar nisbati: - 4.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:32, 24.10.2022.
O'qildi: 4059 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик