Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

4 yilga 636 million yevro

4 yilga 636 million yevro

Baho:
+ | -

Kilian Mbappening shartnomasi yana diqqat markazida.

Fransiyaning nufuzli Le Parisien nashri Mbappe va “PSJ” o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari haqida yangi insaydlarni e’lon qildi. Ular hammani hayratda qoldirdi.

Mbappening shartnomasi haqida nimalar ma’lum?

Le Parisiyen nashrining yozishicha, yangi shartnomaga ko‘ra, Mbappe soliqlardan oldin 636 million yevrogacha daromad olishi mumkin. Bu mablag‘ bir vaqtning o‘zida bir nechta bandlardan iborat.

• Kilianning yillik maoshi 72 million yevro.

• Shartnomani imzolaganlik uchun bonus - 180 million yevro .U uch bosqichda to‘lanadi va uch yilga mo‘ljallangan. Mbappe shartnoma muddati tugaguncha klubni tark etsa ham to‘liq to‘lanadi.

• Sodiqlik uchun bonuslar: agar u klubda qolsa, 2023 yilning yozida 70 million; 2024 yilning yozida 80 million, 2025 yilning yozida 90 million oladi.

Mbappening xarajatlari “PSJ” byudjetining chorak qismini tashkil qiladi.

Ammo Kilian nafaqat futbolda qirol. Jahon sportida hech kim faqat maoshi orqali bunchalik katta pul topmaydi. Misol uchun, “Kanzas Siti” himoyachisi Patrik Mahomes 503 million dollar ishlab olishi mumkin, ammo 11 yil ichida.

Oktyabr oyida Forbes dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarning yillik reytingini e’lon qildi - Mbappe u yerda allaqachon birinchi o‘rinni egallab turgan edi. Ammo yangi shartnoma imzolanishidan oldin Kilian kuchli uchlikka ham kirmasdi.

“PSJ” hammasini inkor etdi

Klub sizib chiqib ketgan ma’lumotlarga zudlik bilan javob berdi.

Rasmiy bayonot: "Klub taqdim etilgan ma’lumotlar butunlay yolg‘on ekanligini ta’kidlamoqda va gazetadagi maqoladagi biron bir tafsilot haqiqat deb hisoblanmasligi kerak. Nashr vaqti ham savollar tug‘diradi – Chempionlar ligasidagi muhim o‘yinga sanoqli kunlar qolganida. Parij klubi endi bunday ma’lumotlarga izoh bermaydi".

Sport jurnalisti Daniyel Rioloning ishontirishicha, hamma narsa bir sababga ko‘ra ommaga oshkor qilingan. Uning fikricha, yangi insaydlar “PSJ” rahbariyati va Kilian atrofidagilar o‘rtasidagi kurash oqibati bo‘lib, Mbappeni Parijni tark etishga ko‘ndiradi.

Le Parisien nashrining ta’kidlashicha, klubda Mbappening alohida maqomi haqida ko‘p shubhalar bor. Gap shu darajaga yetdiki, “PSJ” nosog‘lom moliyaviy muhit tufayli sanksiyalardan qo‘rqadi. O‘tgan mavsumda klub 350 million yevro zarar ko‘rdi, ammo muammoni tartibga solish uchun UEFAdan muhlat oldi. Xullas bu ertak hali beri tugaydiganga o‘xshamaydi.

Kiritildi: 07:11, 25.10.2022.
O'qildi: 4445 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.