Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu. “Navbahor” – “Olimpik”

Prevyu. “Navbahor” – “Olimpik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 23-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Toshkentning “Olimpik” klubini qabul qiladi.

“Olimpik” Superliganing yangi a’zosi bo‘lganligi, “lochinlar” bilan milliy chempionatimiz bahslarida endigina ikkinchi marta to‘qnash kelayotganligi bois, bo‘lajak raqib borasida batafsil to‘xtalib o‘tishni ma’qul deb topdik.

“Olimpik” 2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan  tuzildi va o‘tgan mavsumda Pro-ligada ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Superligaga o‘tish bahsida Muborakning “Mash’al” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, joriy mavsumdan Superligada qatnashmoqda.

Ayni paytda “Olimpik” tarkibida 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar to‘p tepishmoqda. Jamoani esa yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Temur Kapadze boshqarmoqda.

“Olimpik” jamoasining chempionatdagi asosiy maqsadi – futbolchilarni shakllantirish, yangi nomlarni kashf qilish, yosh iste’dodlarga zarur o‘yin amaliyotini taqdim etishdan iborat. Rejaga ko‘ra, mazkur jamoa har yili o‘z yosh toifalarida qit’a musobaqalarida ishtirok etib, tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.

Xabaringiz bor, yozda yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 termasi tarkibi o‘zagini “Olimpik” futbolchilari tashkil etishdi hamda U-23 terma jamoamiz finalga qadar yetib borib, vise-chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada mahoratlarini oshirgan yigitlar 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi. Qayd etish joiz, aynan 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston – U-23 olimpiya termasi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib borsa, yurtimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

Mazkur jamoalarning 1-davrada Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan, namanganliklarning goliga uchrashuvning 2-daqiqasida mahoratli yarim himoyachi Jamshid Iskanderov mualliflik qilgan bo‘lsa, 39-daqiqada “Olimpik” hujumchisi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobni tenglashtirtirgandi.             

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Olimpik” uchrashuvi 25 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:32, 25.10.2022.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.