Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Cheran: "Qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritishga urinamiz"

Cheran: "Qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritishga urinamiz"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran "Lokomotiv"ga qarshi kechgan (2:1) o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Dragan, g‘alaba bilan tabriklayman. Bu o‘yinda ham gol urdingiz, to‘puparlik poygasida natijangiz yana yaxshilandi.

- Derbi har doim derbi, doim muhim va qiyin bo‘ladi. Pressing orqali o‘ynashga harakat qildik va bu natija berdi. Birinchi bo‘limdayoq ikki gol urishga erishdik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘pni raqibga berishga qaror qildik va o‘yin nazoratini ushlab qola oldik. Shu sabab ikkinchi bo‘lim biroz zerikarli bo‘lgandir, lekin futbolda muhimi natija va biz unga erishdik.

So‘nggi o‘yinlarda jamoa ancha yorqin ko‘rinmoqda, vaziyatlardan foydalanishda muammolardan xalos bo‘lgandek. Jamoada kayfiyat qanday?

- Jamoadagi muhit yaxshi. Murabbiy tizimiga va taktikasiga moslashayapmiz. Natijalar ham yomon emas nazarimda. Jamoa bir taktikaga ko‘nikishi uchun ma’lum vaqt kerak. Ushbu mavsumni yaxshi yakunlab, keyingi mavsumda natijalarimiz bundan yaxshiroq, o‘yinimiz esa bundanda yorqinroq bo‘ladi deb umid qilaman.

Superligada uch mavsumdan buyon eng yaxshisiz. Bu yil ham shu an’anani davom etirasizmi?

- Albatta, men qolgan uchta o‘yinda jamoaga maksimal tarzda yordam berishga harakat qilaman va birinchi maqsadim jamoa bilan bog‘liq. Qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritishga urinamiz. To‘puparlar bahsida bu yil ham g‘olib bo‘lishga harakat qilaman va bu natijani yana ham yaxshilashga va’da beraman.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:41, 25.10.2022.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.