Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

"Paxtakor"ga atalgan tur (23-turga qisqacha sharh)

"Paxtakor"ga atalgan tur (23-turga qisqacha sharh)

Baho:
+ | -

Hozirgina Superliganing 23-turidan o‘rin olgan uchta qiziqarli uchrashuv yakuniga yetdi.

Kecha turning ikkita uchrashuvi "Surxon" - "Qizilqum" (2:0) hamda "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:0) jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi.

Bekobodda "Metallurg" "Neftchi" jamoasi bilan bellashib, kichik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Bugun esa chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor" hamda "Nasaf" jamoalari o‘z maydonida o‘yin o‘tkazishdi. Namanganda "Navbahor" yetakchi jamoalarning haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylangan "Olimpik" jamoasi qarshiligini yenga olmadi. Aniqroq qilib aytganda, mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi. Jamshid Iskanderovning Messi uslubida jarima zarbasini amalga oshirishi, "Navbahor"ni o‘z maydonida sharmanda bo‘lishdan saqlab qoldi.

Qarshida esa "Nasaf" "Bunyodkor" bilan bellashdi. Avvaliga Jasur Hakimov "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilib, toshkentliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Xusayn Norchayev muvozanatni tikladi.

Bellashuvning qo‘shib berilgan daqiqalari o‘tib borayotgan pallada o‘yin bosh hakami Timur To‘xtasinov toshkentliklar darvozasiga penalti belgiladi. "Nasaf" jamoasining serbiyalik legioneri Marko Stanoyevichning yo‘llagan zarbasini "Bunyodkor" posboni Suhrob Sultonov qaytarib qoldi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Navbahor" va "Nasaf"ning ochko yo‘qotishlaridan keyin "Paxtakor"ning kecha "Lokomotiv" ustidan qozongan g‘alabasi bugun juda qo‘l keldi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" hamda AGMK - "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 23-tur o‘yinlariga yakun yasab beradi.

Superliga qizg‘in pallaga kirmoqda.

Kiritildi: 21:22, 25.10.2022.
O'qildi: 2525 marta.
Fikrlar: 59 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик